Yevropa top-ligalarida 30 avgust kuni yozgi transferlar oynasi yopiladi. Klublar sönggi transferlar ustida işlamoqda. Sönggi daqiqalarda ham katta transferlar amalga oşirilişi mumkin. Quyida muxlislar va mutaxassislar dedlayn arafasida kutayotgan 10 ta ehtimoliy transfer haqida.

Manuel Ugarte: «PSJ» → «Mançester Yunayted»
Yoşi: 23
Transfer qiymati: 45 million yevro
Şartnomasi muddati: 2028 yil 30 iyun

«Mançester Yunayted» tayanç zonasini kuçaytirişi lozim. Erik ten Hag ixtiyorida yoş Kobbi Maynu va tajribali Kazemiro bor. Ammo braziliyalik futbolçi «Real»dagi formasiga qayta olmayapti. Yarimhimoya çiziğida esa turli-tumanlik zarur. «MYu»ga Manuel Ugarte yordamga kelişi kutilmoqda. Urugvaylik futbolçi «PSJ»ning muhim futbolçisiga aylana olmadi: Luis Enrike uşbu tayanç yarimhimoyaçisi muhim paslarni amalga oşirişni talab qildi, bu esa Ugartening kuçli tarafi emas. U raqib hujumlarini buzişda benazir. «MYu» urugvaylik futbolçi transferi uçun 60 mln yevro tölamoqçi. Barça uçun ma’qul kelişuv.

Jyeydon Sanço: «Mançester Yunayted» → «Yuventus»/«Çelsi»/«Borussiya»
Yoşi: 24
Transfer qiymati: 30 million yevro
Şartnomasi muddati: 2026 yil 30 iyun

Jyeydon Sanço Erik ten Hag bilan yaraşdi. Ammo bu unga klubda qolişga yordam bermayapti. U mavsumoldi yiğinlari doirasidagi örtoqlik uçraşuvlarida maydonga tuşdi, ammo APLning yangi mavsumi startida «Fulhem» (1:0) va «Brayton» (1:2) bilan keçgan öyinlarda qaydnomaga ham kiritilmadi.

Sanço navbatdagi klubga ijaraga berilişi kutilmoqda: qişda u Dortmundning «Borussiya» klubiga qaytgandi, endi esa Italiyaga safar qilişga yaqin. «Yuventus»ga hujum qanotida yangi futbolçilar kerak. Turinliklar «Fiorentina»dan Nikolas Gonsalesni transfer qildi va «Portu»dan Fransişku Konseysauni ijaraga oldi. Sanço bu kompaniyani töldirişi mumkin. Lekin futbolçining özi APLda qolişni va «Çelsi»ga ötişni istamoqda. Ammo londonliklar Sançoni ijaraga oliş böyiça harakatga kirişgani yöq. Şuningdek, «Borussiya» varianti ham bor, nemislar klubi futbolçini ijaraga olmasdan, 35 million yevro evaziga qayta sotib olişi mumkin.