Özbekistonda işlab çiqariş sohasida faoliyat olib boruvçi 65 ming 134 ta kompaniya tomonidan 2024 yil yanvar-iyul oylarida 23 trln 839 mlrd söm soliq tölangan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 foizga köp. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.

Hisobot davrida, NKMK va OKMKni inobatga olmaganda işlab çiqaruvçilar orasida eng köp soliqni “Özbekneftgaz” AJ tölagan – 2 trln 290,7 mlrd söm. Lekin bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 24,1 foizga kam. Taqqoslaş uçun, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida kompaniya tölagan soliqlar miqdori 3 trln 19,6 mlrd söm bölgan.

2023 yil bilan taqqoslaganda, 7 oy davomida quyidagi davlat korxonalarning ham davlat budjetiga tölagan soliqlari miqdori sezilarli darajada qisqargan:

  • “Buxoro neftni qayta işlaş zavodi” MÇJda 707,8 mlrd sömdan 410,3 mlrd sömgaça yoki 42 foizga;
  • “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda 816,4 mlrd sömdan 368,3 mlrd sömgaça yoki 2,2 barobarga;
  • “Özbekiston metallurgiya kombinati” AJda 295,5 mlrd sömdan 198,4 mlrd sömgaça yoki 32,8 foizgaça;
  • “Uz-Kor Gas Chemical” MÇJda 547,6 mlrd sömdan 170,5 mlrd sömgaça yoki 3,2 barobarga.

Şuningdek, ötgan yili yanvar-iyul oylarida 245,5 mlrd söm soliq tölagan “Uzbekistan GTL” zavodi, 196,2 mlrd söm soliq tölagan “Qizilqumsement” (xususiylaştirilgan), 141,7 mlrd söm soliq tölagan “Özbekkömir” 2024 yilning 7 oyi yakunlari böyiça eng köp soliq tölagan top-20 korxonalar röyxatidan çiqib ketgan.