Energetika vazirligi Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Mustaqillikning 25 yilligi konida sodir bölgan hodisa töğrisida ma’lumot berdi.

«1 sentabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, «Kölqamiş» MFY hududida joylaşgan Mustaqillikning 25-yilligi koniga qaraşli 604-sonli quduqda burğilaş işlari olib borilişi vaqtida texnologik jarayon buzilişi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi çiqişi kuzatilgan.

Aholi xavfsizligini ta’minlaş maqsadida kon yaqinida yaşovçi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Voqea tufayli fuqarolarning tan jarohati olişi yoki halok böliş holatlari kuzatilmagan. Ayni paytda vaziyat töliq nazorat ostida», deyiladi xabarda.

Özbekiston prezidenti topşiriğiga asosan, Özbekiston boş vaziri örinbosari Oçilboy Ramatov, Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qöldoşev, Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov, Soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyarov, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov hamda «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib borişdi. Bu yerda barça tegişli vazirlik va taşkilotlarni jalb etgan holda, Tezkor ştab taşkil qilingan. Texnogen ofat asoratlarini bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körilmoqda.

Hodisa töğrisida yana batafsil ma’lumot berilişi aytilgan.

2 sentabrga ötar keçasi ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida gaz çiqişi oqibatida odamlar yaşab turgan uylaridan boşqa yerga vaqtinça köçirilayotgani haqida xabarlar paydo böldi.

Keyinroq favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa töğrisida rasmiy ma’lumot berib, kondagi burğilaş işlari vaqtida texnologik jarayon buzilişi oqibatida oltingugurt gazi çiqişi kuzatilganini ma’lum qildi.