Yigit maktubida öşandan söng ta’nalar ostida qolib ketganini va hanuzgaça odamlar öşa işini yuziga solişini yozibdi.

“Oilada yolğiz öğil edim. Otam bolaligimdan “Ulğaysang opalaringga himoyaçi, oying bilan menga suyançiq bölasan”, deb uqtirardi.

Yolğiz öğil bölganim uçun ança erka ösdim. Ota-onam barça orzularimni muhayyo qilardi. Nima sörasam olib berardi.

Endi eslasam, otam yaxşi odam edi. Kuçsizlarni himoya qilardi. Kambağallarga tez-tez ehson tarqatardi. U men uçun ideal odam edi. Ulğaya boşlagaç unga öxşaşga harakat qila boşladim.

Maktabni bitirganimdan söng institutlarning biriga hujjat topşirdim va kontraktga ilindim. Keyingi yili budjetga harakat qilaman degan joyimda otam “Öqiyver, kontrakt pulingni tölab beraman”, deb qoldi.

Öqişni bitirib uyga qaytdim, biroq öqigan soham böyiça yaxşiroq iş topilmadi. Bozordan ijaraga dökon olib, savdoga çiqa boşladim.

Ötgan yillar mobaynida opalarim uzatilib ketdi, men uylanişim kerak edi. Öylab körsam, opalarimni uzatiş otamga oson bölmagan, biroq u hammasiga ulgurar edi.

Biron marta uning noliganini yoki pul masalasida qiynalganini aytganini eşitganim yöq. Nazarimda otam yaxşi odamligi uçun Alloh uning işlariga, topayotgan pullariga baraka berardi.

Bu orada men uylandim. Öşa paytlarda zör pul topmasam-da, işlarim yomon emasdi. Bir kuni ötirib otamga diqqat bilan qaradim va uning soçlari oqarib, yuzlarini ajin bosganini kördim. Yoşi oltmişga borayotgan otam qariy boşlagandi.

Pensiyaga çiqqaç u işdan böşadi. “Onang bilan menga pensiyam yetadi. Sen endi özing va oilang uçun harakat qilaver”, dedi u. Otam oşna-oğaynilari bilan kunora uçraşar, ular bilan gap öynar, qisqasi hayotning zavqini totib, umr keçira boşladi.

Biroq bu kunlar vaqtinça ekan. Bir kuni ajal fariştasi uning jonini oldi. Bunga esa qoidabuzar haydovçi sababçi böldi.

Kunlarning birida bozorda savdo qilib turgan joyimda xotinim telefon qildi. U yiğlardi. Nima bölganini sörasam, “Otangizni maşina urib ketibdi, şifoxonaga olib ketişibdi”, dedi.

Dökonni qulfladim-u, şifoxonaga qarab otlandim. Borsam otam jonlantiriş bölimida ekan. Şifokorga uçraşsam u “Uka, biz qölimizdan keladiganini qilyapmiz, şifo Allohdan”, dedi.