3 sentabr kuni Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi «AIF» platformasi ustidan jinoyat işi oçildi.
Qayd qilinişiça, uşbu platforma ayni paytda «öz faoliyatini noma’lum sababga köra töxtatganligi» va murojaat qiluvçi şaxslarga juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazganligi ma’lum bölgan.
Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 3-qismi «a,v» bandlari (Pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoiy hodisani va jinoyat sodir etişda aybdor bölgan şaxslarni aniqlaş, şuningdek tergov jarayonini tez va sifatli amalga oşiriş maqsadida viloyat içki işlar organlarining malakali tergovçilaridan iborat tergov guruhi tuzilgani ta’kidlanmoqda.
Xozirda tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyat işi doirasida jabrlanuvçilar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaşga kirişilgan.
Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi uşbu platformadan foydalaniş oqibatida moddiy zarar körgan şaxslardan 62 224-56-81 va 62 224-56-85 raqamlar orqali murojaat qilişni söragan.
Avvalroq, Kun.uz bu muammoga e’tibor qaratib, sönggi bir neça oyda Özbekistonda tarğiboti kuçaytirilgan şunday «platformalar» haqida söz yuritgan va odamlarni bunday moliyaviy piramidalar tuzoğidan ehtiyot bölişga çaqirgan edi.
















