Belarus Milliy fanlar akademiyasi (MFA) iş joyida internetdan foydalanişga ruxsat beriladigan xodimlar röyxatini tuzişga qaror qildi. Bu haqda kimyogar olim Sergey Besarab özining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
MFA prezidiumi raisi Vladimir Gusakov körsatmasiga muvofiq, «internet tarmoğidan foydalaniş huquqiga ega xodimlar röyxati» tayyorlanadi. Şuningdek, akademiya taşkilotlaridan birining xodimlari elektromobil uçun akkumulyatorlar yaratiş işlarini faollaştirişga safarbar etiladi.
Bundan taşqari, Gusakov akademiklarga muntazam Belarusdan taşqarida yaşovçi yoki «Belarus Respublikasi va Fanlar akademiyasiga qarşi yönaltirilgan» faoliyat bilan şuğullanuvçi akademiklarni unvonidan mahrum qiliş böyiça nizomga qöşimça kiritişni topşirgan.
«XXI asrning birinçi çoragi, döstlar. Qayerdadir, koinotning boşqa burçagida Brayan Jonsonlar, Ilon Mask va Sem Altmanlar zerikkan», — deb yozadi Besarab.
Belarus hukumati internetdan foydalanişni çeklaşga birinçi marta urinmayapti. 2020 yil avgustda ommaviy norozilik namoyişlari fonida mamlakatda 70 dan ortiq saytlarga kiriş çeklangan edi. 2022 yil bahorda esa mamlakatning qator viloyatlari internetdan uzib qöyildi. Ukraina razvedkasiga köra, şu orqali Rossiya va Belarus maxsus xizmatlari rus harbiy texnikalarining Ukraina yönalişida harakatlanişiga oid ma’lumotlar tarqalişini töxtatmoqçi bölgan.
2022 yil mayda Aleksandr Lukaşenko Belarus OAV xodimlariga murojaat bilan çiqib, «axborot uruşi» haqida gapirgan va «mamlakat tarixi va madaniyatini özgartirmoqçi bölganlarga yutqazib qöymaslikni» ta’kidlagan edi. Ötgan yilning yozida Lukaşenko xorij OAV faoliyatini çeklaşga xizmat qiladigan qonunni imzolagan edi.











