«Toşkent–Samarqand» pulli yölini quriş işlari 2024 yilda, «Toşkent–Andijon» pulli yölini quriş işlari 2026 yilda boşlanadi. Bu haqda «Özbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida belgilab qöyildi.
Qarorga köra, quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024–2026 yillarda ustuvor davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar;
- 2024–2030 yillarda davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladigan loyihalar dasturi.
Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
- yirik şaharlar örtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uçun qöşimça şaroitlar yaratiş maqsadida kamida 1 000 km zamonaviy pulli magistral avtomobil yöllarini quriş va modernizatsiya qiliş, şu jumladan Toşkent–Samarqand yölini quriş işlarini 2024 yilda hamda Toşkent–Andijon yölini 2026 yilda boşlaş;
- yillik energiya yöqotişlarini kamida ikki baravar pasaytirişni belgilagan holda barça hududlarda elektr taqsimlaş tarmoqlarini 2027 yil 1 iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlaş tarmoqlarini esa 2027 yil yakuniga qadar xususiy operatorlarga topşirişni nazarda tutuvçi şartnomalarni imzolaş;
- yiliga qöşimça 30 foizgaça elektr energiyasini tejaş maqsadida 2028 yilga qadar barça ma’nan eskirgan irrigatsiya nasos stansiyalarini modernizatsiya qiliş böyiça kelişuvlarga erişiş;
- toza va doimiy içimlik suvi bilan ta’minlaş qamrovini 87 foizga, markazlaşgan oqova suv ta’minoti qamrov darajasini 30 foizgaça oşirişni nazarda tutgan holda 2028 yil yakuniga qadar har bir hududda içimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va boşqaruvga beriş uçun xususiy kompaniyalarni jalb qiliş;
- 400 mingdan ortiq öquvçilar siğimiga ega zamonaviy ta’lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvçilar siğimiga ega maktabgaça ta’lim muassasalarini taşkil qiliş maqsadida 2026 yildan boşlab davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgaça ta’lim muassasalarini quriş va boşqarişni taşkil etiş;
- ilğor texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat körsatuvçi köp tarmoqli şifoxonalarni quriş va ularni xususiy operatorlar boşqaruviga beriş.

















