Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xuroson viloyati»ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim – O‘zbekiston DXX raisi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov mintaqada kechayotgan murakkab harbiy-siyosiy jarayonlar tufayli xalqaro terrorizmga qarshi kurashda sa’y-harakatlar birlashtirish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u «Xuroson viloyati Islom davlati»ga qarshi afg‘on maxsus xizmati birgalikda kurashish kerakligini aytdi.
Arxiv foto / Abdusalom Azizov
Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) O‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi davom etmoqda.
Konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov so‘zga chiqdi. DXX raisi mintaqada kechayotgan murakkab va qarama-qarshi harbiy-siyosiy jarayonlar xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashda davlatlardan sa’y-harakatlar va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni birlashtirishni talab etadi, degan.
«Bu holat ShHTga a’zo davlatlar xavfsizligiga bevosita tahdid soladi. Vaziyat xalqaro terrorchilik tashkilotlari boshliqlarining davlatlarimizga qarshi o‘zlarining buzg‘unchi rejalaridan voz kechmaganliklari bilan yanada murakkablashmoqda.
Afg‘oniston hukumati o‘z imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xalqaro terrorizmga qarshi kurashmoqda, afg‘on maxsus xizmati XVID (Xuroson viloyati Islom davlati)ga qarshi kurashda yetakchilik qilib, muayyan natijalarga erishmoqda. Shu bois, dushmanga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak. «Xuroson viloyati»ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim, chunki qarshi choralarni zaiflashtirish bu guruhning kuchayishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, mintaqa xavfsizligiga xavf soladi», — deya Azizovning so‘zlarini keltirmoqda O‘zA.

Shuningdek, DXX raisi – o‘zaro ishonch, xalqaro terrorizm, ekstremizm va kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasida muntazam axborot almashib, muvofiqlashgan holda harakat qilish bilan davlatlarda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda samarali natijaga erishish mumkinligini ta’kidladi.
«Shu bois, bugungi kunda xalqaro anjumanni o‘tkazish dolzarb bo‘lib, uning doirasida ishtirokchilar chaqiriqlar va xavfsizlik tahdidlarining bugungi holatini muhokama qilish, samarali qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy darajada aksilterror hamkorligini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi”, — degan Abdusalom Azizov.
Mavzuga oid
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:39 / 06.01.2026
Qo‘qon va Farg‘onada “opiy” va “gashish”ning katta partiyalari musodara qilindi
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
14:08 / 28.12.2025