Krasnodar ölkasining Novorossiysk şahri 5 sentabr, payşanbaga ötar keçasi suvusti dronlar hujumiga uçradi. «Ekipajsiz qayiqlarning hujumi qaytarilmoqda. Birinçi qirğoq çiziği aholisiga alohida e’tibor - taşqariga çiqmang!» – dedi Novorossiysk meri Andrey Kravçenko özining Telegram-kanalida.

Uning sözlariga köra, şahar sohilböyining Isayev köçasidan Misxakogaça bölgan 7 kilometrlik qismida plyajlar yopilgan, transport harakati çeklangan. Dengizda otişma ovozlari eşitildi, deb xabar bermoqda «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali mahalliy aholining videolarini e’lon qilib.

Ukraina dengiz dronlari hujumi

Amerikaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga köra, Rossiya keng kölamli hujumi boşlanganidan beri Ukraina qurolli kuçlari Rossiya Qora dengiz floti tonnajining taxminan 40 foizini yöq qilişga muvaffaq böldi. Xususan, 2024 yil fevralida Qrim qirğoqlari yaqinida Ukraina dronlari «Tsezar Kunikov» yirik desant kemasini, mart oyida esa «Sergey Kotov» patrul kemasini çöktirgan edi.

2023 yil avgust oyida dengiz dronlari Novorossiyskdagi harbiy bazaga hujum qilib, «Olenegorskiy gornyak» yirik desant kemasiga jiddiy zarar yetkazdi.