Sun’iy intellekt çiplari bozoridagi eng katta öyinçi - Nvidia korporatsiyasi aksiyalari narxi pasayişi oqibatida bir kunda deyarli 300 milliard dollar yöqotdi. Bu haqda «Kommersant» yozdi.
Biroq, nisbiy nuqtai nazardan, qimmatli qoğozlar narxi unçalik köp emas, taxminan 10 foizga arzonladi. Tahlilçilar bunday qulaşni monopoliyaga qarşi idoralarning harakatlari bilan izohlamoqda. Avvalroq, AQŞ Adliya vazirligi kompaniyaga sörov yubordi. Unda kompaniyaning öz mijozlariga boşqa ta’minotçilar xizmatidan foydalanişga ruxsat bermasligi haqida ma’lumot söralgan. Qayd qilinişiça, Nvidia sun’iy intellekt çiplari bozoridagi eng yirik öyinçi bölib, köplab işlab çiquvçilar bevosita kompaniyaga qaram bölib qolgan.
Amerika qonunçiligiga köra, korporatsiya bozorda deyarli yagona öyinçiga aylanadigan miqyosga erişa oladi, ammo keyin u bozorni monopoliyaga aylantirib oliş uçun harakatlar qiliş huquqiga ega emas. Ya’ni, u, qoida tariqasida, raqobatçilar paydo bölmasligi uçun harakat qila olmaydi.
Avvalroq, sun’iy intellekt sohasi kompaniyalari katta zarbaga uçragan edi. Amerika S&P 500 va NASDAQ indekslari (katta texnologiya korporatsiyalarda salmoqli uluşga ega) mos ravişda 2 foiz va 3 foizga pasaydi. Bozordagilar buni sun’iy intellektdan umidlar, investorlarning taxminlari röyobga çiqmayotgani bilan izohlamoqda.












