Ukraina Oliy radasi 4 sentabr, çorşanba kuni Aleksandr Kamişinni strategik sanoat vaziri, Denis Malyuskani Adliya vazirligi rahbari, Ruslan Streletsni atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri va Olga Stefanişinani boş vazirning yevrointegratsiya böyiça örinbosari lavozimidan ozod qildi.
Biroq parlament Irina Vereşçukning vaqtinça egallab olingan hududlarni reintegratsiya qiliş vaziri lavozimidan va Vitaliy Kovalning Davlat mulk jamğarmasi rahbari lavozimidan iste’foga çiqişini qöllab-quvvatlamadi. «RBK-Ukraina» agentligining «Xalq xizmatkori» fraksiyasidan suhbatdoşi, Koval işdan böşatilişi uning keyinçalik Agrar siyosat vazirligi boşliği etib tayinlanişiga e’tiroz bildirgan ayrim fraksiya deputatlari tomonidan sabotaj qilinganini aytdi. «Vereşçukka kelsak, u boş vazir örinbosari lavozimidan çetlatilişidan mamnun emas edi va bu haqda deputatlarga xabar berdi, natijada unga sodiq «xizmatçilar» uning işdan olinişini qöllab-quvvatlamadi», deb yozadi agentlik.
Kulebani işdan böşatiş hali amalga oşmadi
Iste’foga çiqiş töğrisida ariza yozgan Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba hamon işdan böşatilişini kutmoqda - 4 sentabr kuni Oliy rada hukumatdagi bir qator kadrlar özgarişiga ovoz berganiga qaramay, bu boradagi özgarişni keyinga qoldirdi. «RBK-Ukraina» suhbatdoşining aniqlik kiritişiça, ular Kuleba böyiça ovoz berişni ertasi kunga qoldirişga qaror qilişdi, çunki «potensial» yöqligi va zalda yetarli deputatlar bölmagani ayon bölgan.
Agentlik manbalarga tayanib, Kuleba «muhim elçixonalardan birini» boşqarişi mumkinligini ta’kidlaydi. Gap Bryusselga tayinlaş haqida bormoqda - u yerda Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalari bilan bir qatorda Belgiya va Lyuksemburgda Ukraina elçixonasi ham joylaşgan. Şu bilan birga, prezident Volodimir Zelenskiy Kulebaning yangi lavozimga tayinlanişi haqida aniq javob bermadi va «bu haqda gapirişga hali erta» ekanligini ta’kidladi.
«Ukrainskaya pravda» naşrining avvalroq nomi oşkor etilmagan suhbatdoşlari ta’kidlaşiça, Dmitriy Kuleba iste’foga çiqqan taqdirda Ukraina taşqi işlar vaziri lavozimiga asosiy nomzod taşqi işlar vazirining amaldagi birinçi örinbosari Andrey Sibiga böladi.

















