5 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudi binosida sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov va boşqalarga (jami 50 kişi) oid jinoyat işini körib çiqiş boşlandi.
Sudya Sardor Sodiqov jurnalistlar sud jarayonini yoritişda aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilişi şartligini ta’kidlagan.
Gazeta.uz'ning yozişiça, advokatlardan biri sudda qatnaşayotgan jurnalistlar “xorijliklar agenti” bölişi mumkinligini aytib, “ularga sudni yoritişni taqiqlaş kerak”, degan. Sudya sud majlisiga OAV vakillari hujjatlar asosida kiritilgani va ular qaysi naşrlardan ekanini bilişini qayd etgan.
Bugun boşlanadigan sud protsessida OAV vakillarining jarayonda iştirok etişi, foto, video va audiomateriallar olişga ruxsat beriş yoki yöqligini hal qilinadi.
Qişloq xöjaligi vazirligining sobiq rahbari Aziz Voitov 2023 yil dekabr oyida qamoqqa olingan edi. 44 yoşli Voitov 2022 yil avgustidan 2023 yil oktyabrigaça QXVni boşqargan, ungaça investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
2021 yil iyun oyida “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni imzolangan edi.
Farmon bilan Oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan 33 xil toifadagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxati tasdiqlangan. Şuningdek, prezident farmonida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Milliy teleradiokompaniyaga ayrim muhim tadbirlar va sud jarayonlarini jonli efirga uzatiş topşiriği berilgan.
Unga köra, agentlik va MTRK, manfaatdor davlat organlari va taşkilotlar bilan birgalikda, 2021 yil 1 dekabrdan boşlab quyidagi tadbirlarni:








