7 sentabr kuni Özbekistondagi eng yoş siyosiy partiya hisoblangan, Özbekiston Ekologik partiyasi özining yangi Saylovoldi dasturi va deputatlikka ilgari surayotgan nomzodlarini muhokama qiliş maqsadida partiyaning V Forumi bölib ötdi.

Forumda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan saylangan delegatlar, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, partiyaning Markaziy Kengaşi a’zolari, davlat va jamoat, nodavlat taşkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Forum delegatlari qizğin muhokamalardan söng Özbekiston ekologik partiyasining “Tabiat uçun birlaşaylik!” ğoyasi mujassamlaşgan Saylovoldi dasturini tasdiqladi.
Şuningdek, Forum delegatlari tomonidan Özbekiston Ekologik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatligiga nomzodlar körsatiş haqidagi masala ham körib çiqildi.

Partiyadan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatligiga majoritar bir mandatli okruglar böyiça 75 nafar, partiyaviy röyxat böyiça 100 nafar nomzodlar körsatildi.

Ta’kidlaş joizki, nomzodlarning 44,6 foizi ayollardan iborat bölib, barça 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega hamda ularning 31,5 foizini ekologlar, 10 foizini huquqşunoslar, 9 foizini tibbiyot, 15 foizini iqtisodiyot va 34,5 foizini boşqa sohalar vakillari taşkil etadi. Şuningdek, nomzodlarning 26 nafarini yuqori malakali olimlar taşkil etadi.

Forumda körsatilgan nomzodlarga oid hujjatlar röyxatdan ötkaziş uçun tez kunlarda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilişi ma’lum qilindi.











