Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:
- bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratish;
- garovsiz ajratilgan 100 million so‘m doirasida mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o‘rtasida taqsimlash yoki ular bo‘yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
- mikrokredit beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o‘tish.
Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar:
- kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi;
- 2024 yil 1 noyabrdan kichik tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
- 5-toifa uchun – 12,5 foiz;
- 4-toifa uchun – 13,5 foiz;
- 3-toifa uchun – 14,5 foiz;
- 2-toifa uchun – 17,0 foiz;
- 1-toifa uchun – 18,0 foiz.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38
-
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35
-
G‘arbiy Yevropa hududidan uchirilgan ilk kosmik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Jahon | 21:18
Mavzuga oid

15:31 / 24.03.2025
Oylikbot o‘rniga yangi dastur ishga tushiriladi

13:03 / 20.03.2025
Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi

11:29 / 14.03.2025
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi

10:56 / 08.03.2025