Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh vaziri bugun O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 9-10 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.