Rossiya televideniyesida uzoq yillar davomida KVN (Quvnoqlar va zukkolar teleşousi) boşlovçisi bölgan Aleksandr Maslyakov 82 yoşida vafot etdi. Bu haqda dastur kanali xabar berdi.
«U KVN harakatining barça iştirokçilari va millionlab tomoşabinlar uçun afsona bölib qoladi. 1964 yildan beri u Rossiyada va xorijda hazil va satira timsoliga aylangan KVN dasturini olib borgan edi», deyiladi xabarda.
Maslyakov 1964 yildan beri KVN doimiy boşlovçisi bölgan. Bundan taşqari, 1970-1980 yillarda Maslyakov «Allo, my işçem talanty», «A nu-ka, devuşki», «A nu-ka, parni» va boşqa köplab teledasturlarni olib borgan. 2018 va 2024 yillarda Maslyakov prezidentlik saylovida Vladimir Putinning işonçli vakili bölgan.
2022 yil fevral oyida Maslyakov koronavirus bilan kasallanib, KVN mavsumining dastlabki körsatuvlarini ötkazib yubordi. Keyinçalik u yana bir neça bor boşlovçilik qildi, ammo baribir dasturni tark etdi. 2024 yil aprel oyida Maslyakovning öpkasida kovidning asorati sifatida operatsiya qilib bölmaydigan ösma paydo bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Söngra u KVN dasturini butunlay tark etdi.

















