iPhone 16 va iPhone 16 Plus

Ikki asosiy model «ixçamroq va kattaroq» paradigmani saqlab qoldi. iPhone 16 6,1 dyuymli displeyga ega, iPhone 16 Plus esa 6,7 dyuymli paneldan foydalanadi.

Asosiy vizual farqlardan biri bu orqa tarafdagi kameraning yangi dizayni – linzalar endi iPhone X modelidagi kabi bir-birining ostida joylaşgan. Yangi mahsulotlarni ötgan yilgi modellardan farqlaş oson böladi.

Ikkala model ham moslaştiriladigan Action tugmasi bilan foto va video suratga oliş uçun sensorli Capture tugmasiga ega böldi. Undan kattalaştiriş yoki fokuslaş uçun foydalaniş mumkin.

Qurilmaning unumdorligi yangi neyron dvigatelga ega Apple A18 çipseti tomonidan boşqariladi, bu sizga turli sun’iy intellekt (SI) operatsiyalarini bevosita qurilmada tezda bajariş imkonini beradi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, ikkala smartfon ham 8 Gb tezkor xotiraga ega böladi – aynan şu Apple Intelligence çiplarining töğri işlaşi uçun zarur.

iPhone 16 va iPhone 16 Plus beş rangda taqdim etiladi: qora, oq, puşti, kök va yaşil.

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max

Flagman modellari ança nozikroq ramkali ekranlarni oldi, bu esa foydalanuvçilarga taniş ölçamlarni saqlab qolgan holda displeylarni biroz kattalaştiriş imkonini berdi. Endi iPhone 16 Pro diagonali 6,3 dyuymga, iPhone 16 Pro Max esa 6,9 dyuymga teng (uning ötmişdoşlari mos ravişda 6,1 va 6,7 dyuymga ega).