Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktab direktori öqituvçilarni “Taşabbusli budjet”dagi loyiha uçun majburan ovoz yiğişga jalb qilgani tasdiqlandi. Bu haqda Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça milliy komissiya ma’lum qildi.
Direktorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan 100 BHM (34 mln söm) miqdorida ma’muriy jarima qöllangan.
“Milliy komissiya barça mas’ullarni, şuningdek, iş beruvçilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaşga çaqiradi”, – deyiladi bayonotda.
Romitandagi 18-maktab öqituvçilari uyma-uy yurib, maktab texnik bazasini yaxşilaş uçun ovoz yiğiş majburlanayotgani haqida 26 avgust kuni Kun.uz yozgandi.
1654 ta ovoz olgan loyiha ğoliblar qatoriga kirmagan. Ğolib böliş uçun maktabga 28 ta ovoz yetmagan.
Kun.uz xabarida tumandagi boşqa maktablar: 1-IDUM, 2-maktab, 7-maktab öqituvçilari ham ovoz yiğişga majburlanayotgani aytilgandi. Milliy komissiya axborotida esa faqat 18-maktab haqida söz boradi.
Ma’lumot uçun, “Taşabbusli budjet”da qöl ostidagi xodimlarini ovoz töplaşga majburlaş – majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanadi. Bu prezident qarorida belgilab qöyilgan.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, majburiy mehnat taqiqlangan.
MJtKning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yöl qöygan mansabdor şaxslar 50–100 BHM jarimaga tortiladi. Xuddi şu harakat takroran yoki voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148-2-moddasiga köra jinoiy javobgarlik belgilangan.
Eslatib ötamiz, “Taşabbusli budjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumidan boşlab, majburiy ovoz töplaş holatlarini kamaytiriş maqsadida:
- ovoz yiğiş bosqiçi 10 kungaça qisqartirildi;
- majburiy ovoz töplangani tasdiqlangan holatlarda, xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga bu loyihalarni çetlatiş yoki ğoliblar röyxatidan çiqariş vakolati berildi;

















