Dastlab harbiylar tomonidan olib borilgan qutqaruv operatsiyasiga önlab mahalliy fuqarolar ham qöşilgan. Mamlakatda koronavirus sababli tungi payt amal qilayotgan komendantlik soatiga qaramay, odamlar guruhlarga birlaşib, kitlarni okeanga yetkazişgan. 

“Bu dengiz jonzotlarini qutqariş operatsiyasi tuni bilan davom etdi. Biz 120tagaça kitga yordam bera oldik. Afsuski, ulardan 3tasi nobud böldi”, deb ma'lum qilgan kapitan Indika de Silva.

Dunyoning turli burçaklarida har yil 2 mingdan köproq kit va kitsimonlarga mansub dengiz jonzotlari özini sohilga otadi. Sohilga çiqib qolgan kitlarning aksariyati suvsizlaniş yoki öz vazni ostida tanasi ezilişi oqibatida nobud böladi. Jumladan, joriy yilning sentyabrida şunday ayançli voqealardan biri Avstraliyada yuz berdi. Bu yerda rekord sonda - bir neça yuzlab kitlar nobud böldi. 

Kitlarning özini bunday tutişi sababi hamon fan uçun katta jumboq sanaladi. Olimlarda bu borada bir neça taxminlar bor. Ulardan ba'zilarining fikriça, kitlarni özini sohilga otişga okeanning turli şovqinlar (jumladan, sonarlar şovqinlari) bilan ifloslangani majbur qiladi. Buning natijasida ularning eşitiş va exolokatsiya organlari şikastlanadi. Boşqa taxminlarga köra, ular yirtqiç dengiz jonzotlari, misol uçun, kosatkalar hujumiga uçraganda sarosimaga tuşişi yoki katta yoşi tufayli jismonan nimjonligi sababli şunday yöl tutadilar. Tişli kitlar orasida bunday hodisalar yuz berişi uşbu jonzotlar orasida kuçli ijtimoiy jipslik borligi bilan tuşuntiriladi: agar uşbu turdagi kitlardan birortasi qandaydir sababga köra özini sohilga otsa, unda tödadagi qolgan kitlar ham xuddi şunday yöl tutadi.