Olimlarning sözlariga köra, bu turdagi sut emizuvçilar yaqin ön yillikda yöqolib ketişi mumkin.
Sabab - dengiz va okeanlarning inson faoliyati natijasida ifloslanişi.
«Biz umid qilamizki, kitlarni himoya qilişga qaratilgan uşbu çaqiriq barçani - boşqaruvçilar, olimlar, siyosatçilar va jamiyatni ogohlikka çorlaydi va okeanlarimiz asrab qolinadi», deydi Bristol universiteti vakili Mark Simmonds.
Oçiq xatga butun dunyodagi tadqiqotçilar imzo çekişgan.
«Kitlarni qutqariş»

«Kitlarni qutqariş» şiori ötgan asrning yetmişinçi va saksoninçi yillarida kit ovlovçilarga qarşi kuraş kampaniyasi doirasida maşhur bölgan.
Öşandan beri kitlar populyatsiyasi bir munça tiklangan, ammo hozirga kelib yangi tahdid paydo böldi, aniq qilib aytganda: okeanlar ifloslanişi (plastik çiqindilar tufayli), odatiy suv havzalari yöqolişi, iqlim özgarişlari, şuningdek savdo kemalari bilan töqnaşuvlar.
Baliq ovlaş sanoati eng katta tahdidga aylandi - har yili traullar töriga 300 minggaça delfin va kitlar tuşib qoladi, natijada ular nafas ololmay, sekin-asta nobud böladi.
Ulardan ba'zilari omon qolsa-da, jağ sinişi va butun tana böylab olingan jarohatlar natijasida butunlay nogiron bölib qoladi.
Şimol silliq kiti (eubalaena glaciali) alohida tahdid ostida - ulardan atigi bir neça yuztasi qolgan.
Maktub mualliflari uşbu hayvonlar sonining keskin kamayib ketişining oldini oliş mumkinligini ta'kidlaşgan, ammo uşbu sut emizuvçilarni himoya qiliş böyiça zarur çoralar siyosatçilar tomonidan qöllab-quvvatlanmadi.
Olimlar oçiq xat dengiz sut emizuvçilarni qutqariş uçun kuraşda yordam beradi deb umid qilişmoqda.













