Britaniyada haşamatli buyumlar savdosi bilan şuğullanuvçi Harrods riteyleri 2011 yilda yadroviy halokat sodir bölgan Yaponiyaning Fukusima prefekturasida yetiştirilgan şaftolilarni sotişni boşladi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilişiça, Fukusimada yetiştirilgan şaftolilar ilk bor Yevropa dökonlarida sotuvga çiqqan — Harrods uç donadan iborat meva qutisini 104 dollardan sotmoqda.

«Fukusima-1» AES reaktorlarida kuçli sunamidan keyin avariya yuz bergan va radiatsiya tarqalib ketgan edi. 2011 yildan beri Yaponiyada şaftoli işlab çiqariş böyiça ikkinçi örinda turuvçi Fukusima prefekturasi fermerlari zararlaniş xavfi sabab öz mahsulotlarini sotişda qiyinçiliklarga uçramoqda.

Harrods dökonlarida sotilayotgan şaftolilar Tokyo Electric Power Company (Tepco) elektr stansiyasi operatorini mintaqaning xalqaro miqyosdagi obrösini tiklaş böyiça sa’y-harakatining bir qismi hisoblanadi. Bu Buyuk Britaniya Fukusimadan oziq-ovqat mahsulotlari importiga qöyilgan taqiq yeçilganidan ikki yil ötib amalga oşirilmoqda.

Ma’lumotlarga köra, Harrods oktyabrdan boşlab Fukusimada yetiştirilgan «Şayn Muskat» navli uzum savdosini ham boşlaydi. Tepco bunday kampaniyalarini AQŞ va Tailandda ham yölga qöygan. Mazkur prefekturadan eksport qilinayotgan barça qişloq xöjaligi va baliq mahsulotlari endi radiatsiya testidan ötişi kerak.