Albaniya sobiq boş vaziri Sali Berişa öziga nisbatan mol-mulk bitimi bilan boğliq korrupsiya böyiça ayblov ilgari surilganini ma’lum qilib, buni siyosiy xarakterga ega qadam deb atadi.

Ötgan yilning oktyabr oyida prokuratura uni kuyovi Jamarber Malteziga poytaxt Tiranada 17 ta köp qavatli uy quriş uçun davlat yerlarini xususiylaştirişga yordam berişda xizmat mavqeini suiiste’mol qilganlikda ayblagan edi.

Demokratlar partiyasi yetakçisi bölgan 79 yoşli Berişa dekabrdan beri uy qamoğida qolib kelyapti, u har ikki haftada idoraga borib, röyxatdan ötiş talabini bajarmagani uçun şunday jazoga tortilgan. Şuningdek, uning xorijga çiqişi ham taqiqlangan.

11 sentabr kuni Berişa Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça maxsus tuzilmaga olib ketilgan va yarim soat davomida unga qöyilgan ayblovlar öqib eşittirilgan. Sobiq boş vazirning aytişiça, uning qöliga salkam 500 varaqli ayblov hujjatlari topşirilgan.

Biznesdan taşqari siyosat bilan ham şuğullanuvçi Maltezi ham politsiyaga çaqirilgan bölib, unga nisbatan ham korrupsiya böyiça rasman ayblov e’lon qilingan. 2023 yil dekabr oyida parlament Berişaning daxlsizlikdan mahrum etgandi.

Sobiq boş vazir özining hibsga olinişi va tergov jarayonini tanqid qilib, buni amaldagi hukumat rahbari Edi Ramaning buyruği bilan amalga oşirilayotgan siyosiy repressiya deb atagan.

Berişa 2005 yildan 2013 yilga qadar Albaniya boş vaziri, 1992-1997 yillar oraliğida esa mamlakat prezidenti bolgan. 2021 yilgi parlament saylovlarida esa Demokratlar partiyasi deputati etib saylangan.