AQŞ prezidentligiga nomzodlar respublikaçi Donald Tramp hamda demokrat Kamala Harris saylov oldidan ilk va katta ehtimol bilan sönggi debatini ötkazdi. Saylovgaça 2 oydan kamroq vaqt qoldi, şu sababdan uşbu tadbir ikki nomzod uçun  katta imtihon böldi. Harris Trampni 2020 yilgi saylov natijalarini tan olmay, tarafdorlarini Kapitoliyga jönatgan qörqoq deya atadi. Tramp esa uni AQŞning eng yomon vitse-prezidenti dedi. Amerikalik ekspertlarga köra, Harris debatda aniqroq gavdalandi, lekin Trampdan qariyb 10 daqiqa kam gapirdi.

Debat oldidan siyosiy kayfiyat qanday edi?

Aytiş joizki, debat misli körilmagan darajada şaxsiy munozara va yolğonlarga ham boy böldi.  Debat uçun Filadelfiya şahri, «ABC» telekanali tanlangan. Birinçi navbatda ta’kidlaş kerakki, Harris kutilganidan köra omadli va yonib turgan siyosiy yulduz böla oldi. 2020 yilgi saylovlar oldidan deyarli mablağ töplay olmay tezda kampaniyadan çiqib ketgan Harris bu gal prezident Baydenning örniga nomzodlikni raqiblarsiz egallab, rekord darajadagi pullarni yiğdi. Hattoki, umrida biror marta saylovga pul tikmagan amerikaliklar ham bu gal öz xohişi bilan Harris kampaniyasiga mablağ ötkazdi. Şuningdek, Harris nomzodi tasdiqlangan Demokratik partiya qurultoyi ham aholida katta qiziqiş uyğotdi, 4 kunlik tadbir respublikaçilarnikiga qaraganda ança gavjum böldi. Iyul oyida reytinglarda Trampdan özib ketgan Harris avgust oyida u bilan deyarli tenglaşdi.

Trampning yettinçi, Harrisning birinçi debati

Debat ikki nomzod bir-biriga qöl uzatişidan boşlandi. Taşabbus Harris tomonda, çunki harakatlar şuni körsatadiki, Tramp tomon Harris bordi va özini taniştirib, salomlaşdi. Bu  öşa lahzadayoq ijtimoiy tarmoqni hayajonga soldi, demokrat nomzod xuşmuomala bölişga intilgani körindi. Bundan taşqari, Harris Trampga endi sizning qarşingizda menman, siz Baydenga emas, menga qarşi kuraşasiz degandek böldi.

“ABC” kanalining jonli translatsiyasini deyarli 10 million mahalliy tomoşabinlar kuzatdi. Zalda esa biror tomoşabin yöq edi, faqat ikki nomzod va ikki boşlovçi. Mikrofonlar esa Bayden hali nomzod bölgan davrda kelişilganidek faqat gapirayotgan tomonda işladi. Harris kampaniyasi debat oldidan buni özgartirişga urinib kördi, bunga Tramp kampaniyasi ham qarşi bölmagandi. Ammo, «ABC» telekanali boşidagi kelişuvga sodiq qoldi. Ikki nomzodga ketma-ket savollar berildi. “Amerika ovozi” tahliliga köra, raqiblar örtasidagi farq keskin va bu har bir savolga javobda yaqqol sezildi. Harris bahsni iqtisoddan boşladi, bu borada Trampda bilim yetişmasligini aytdi.