Britaniya Rossiyaning «soya floti» – Rossiya neftiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun noqonuniy usullarni qöllayotgan kemalarga nisbatan jazo çoralarini kengaytirdi. 11 sentabr, çorşanba kuni Britaniya hukumati saytida çop etilgan press-relizga köra, qora röyxatga Rossiya neftini Ğarb davlatlari tomonidan belgilangan çegaradan yuqori narxda taşiş bilan şuğullanuvçi yana önta kema kiritilgan.
Bundan buyon NS Corona, NS Clipper, NS Asia, SCF Baltica, SCF Vankor, «Zaliv Aniva», «Olimpiyskiy prospekt», «Leonid Loza», «Vladimir Tixonov» va «Nikolay Zuyev» kabi kemalar röyxatda böladi. Gabon va Panama bayroqlari ostida suzuvçi tankerlarning operatori Stream Ship Management FZCO hisoblanadi.
Bu kemalarning bundan buyon Britaniya portlariga kirişi taqiqlanadi va milliy yuk taşiş reyestridan çiqariladi. Bundan taşqari, kapitanlar va lotsmanlar tankerlarni uşlab turiş töğrisida buyruq olişlari mumkin.
Ukrainani beqarorlaştirişga qaratilgan harakatlar
Londonga köra, Rossiya «soyadagi floti» Ukrainadagi vaziyatni beqarorlaştiriş va bu davlat suverenitetiga tahdid soliş harakatlarida iştirok etmoqda. «Bugungi sanksiyalar Rossiya tomonidan Britaniya va «Yettilik guruhi» sanksiyalarini çetlab ötiş, Rossiya neftining tösiqsiz savdosini davom ettiriş uçun umidsiz urinişning bir qismi sifatida foydalanayotgan Putinning «soyadagi floti» kemalariga bevosita ta’sir qiladi», — deyiladi press-relizda.
London sanksiyalariga tuşgan kemalarni yirik qoidabuzarlar deb atadi va 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan buyon faqatgina «Nikolay Zuyev», NS Asia hamda «Zaliv Aniva» 5 milliard dollarlik Rossiya neftini taşiganini tuşuntirdi. «Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Rossiyaga jahon hamjamiyati Ukraina tomonida ekanligi haqida aniq signal berişda davom etamiz va biz bu «soyadagi flot»ning mavjudligiga toqat qilmoqçi emasmiz», — deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.

















