Tojikiston Ulamolar kengaşi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda masjid yaqinida hujumga uçradi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun soat 17:20 da bezori bir erkak namozdan keyin Duşanbe şahridagi markaziy masjid yaqinida ulamolar raisiga sançuvçi-kesuvçi qurol bilan jarohat yetkazib, jamoat tartibini buzdi», — deyiladi xabarda.
Gumonlanuvçi şaxs içki işlar organlari xodimlari tomonidan zudlik bilan qölga olingan. Abduqodirzoda yengil tan jarohati olgan va şifokorlar tekşiruvidan keyin unga uyiga ruxsat berilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Saidmukarram Abduqodirzoda —1963 yilda Kölob viloyatida tuğilgan, 2010 yildan beri Tojikiston muftiysi lavozimida faoliyat yuritib keladi, falsafa fanlari nomzodi.












