Buyuk Britaniya Ukraina fransuzlar bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan uzoq masofali Storm Shadow qanotli raketalarini Rossiya hududidagi nişonlar böylab zarba beriş uçun foydalanişiga ruxsat berdi, deb xabar qilgan 11 sentabr kuni The Guardian gazetasi Britaniya hukumatidagi manbaga tayanib. Bu borada hozirça rasmiy ma’lumot yöq.

Storm Shadow — katta masofadagi nişonga yetib boruvçi qanotli raketa bölib, Yevropaning MBDA kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Fransuz-britan işlanmasi hisoblangan bu qurol Buyuk Britaniyada Storm Shadow, Fransiyada — SCALP deb ataladi. Raketalarning bir neça modifikatsiyasi mavjud, jumladan, 560 kilometrdan ortiqroq masofadagi nişonni ura oladigani ham. Ukraina Buyuk Britaniya va Fransiyadan 250 kilometrdan ortiq radiusda harakatlanuvçi raketalarni qabul qilib olgan.

The Guardian bu haqda Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi va AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga taşrif buyurgan kunda xabar berdi. Taşrif vaqtida ular Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Ğarb yetkazib bergan uzoq masofali qurollardan Rossiya hududlari böylab zarbalar yöllaş masalasini muhokama qilişgan. The Guardian manbasi qayd etişiça, Blinken va Lemmi Storm Shadow böyiça ijobiy qaror qabul qilingani uçungina Kiyevga birgalikda kelişgan. Gazeta qayd etişiça, Lemmi qabul qilingan qaror haqida jamoatçilikka e’lon qilişni istamagan, çunki uning sözlari ortiqça provokatsiya deb hisoblanişi mumkin. Naşr ma’lumotiga köra, katta ehtimol bilan,  Ukrainaning raketalardan foydalanişi «öylovsiz va keraksiz hujumlar oldini oliş uçun» çeklovlarga duçor bölişi mumkin.

Ğarb naşrlari 2023 yil mayida, manbalariga tayanib, Buyuk Britaniya ularni Rossiya hududidagi obektlar böylab zarba yöllamaslik şarti bilan Ukrainaga Storm Shadow raketalarini yetkazib berişga rozi bölgani haqida xabar tarqatgandi. 2023 yil sentabrda Ukraina qurolli kuçlari Storm Shadow raketalarini 2014 yil Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopolga zarba berişda qölladi.

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga taşrifi çoğida Vaşington Ukrainaga Rossiya böylab zarbalar berişda Amerikaning ATACMS ballistik raketalaridan ham foydalanişiga ruxsat berişi mumkinligiga işora qildi. Blinken Qöşma Ştatlar «birinçi kundanoq» Ukraina jang maydonidagi vaziyat özgarişiga qarab öz siyosatini moslaştirişga tayyor bölganini aytdi. «Biz buni davom ettiramiz», — degan u.