Kun.uz'ga ma’lum bölgan holatlar Andijon va Namangan viloyatlariga taalluqli: quyoş panellarini örnatmagan tadbirkorlar elektr energiyasidan uzib qöyilmoqda. Energetika vazirligi bu noqonuniy deb quruq bayonot beriş bilan çeklandi, lekin öz tizimiga kiruvçi HETKlar tadbirkorlarni panel örnatmagani uçun tokdan uzayotganiga izoh bermadi.
Bir qator hududlarda tadbirkorlar quyoş panellarini örnatişga majburlanmoqda. Andijon viloyatining Oltinköl tumanidagi dökonlar, dorixonalar, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari, pişiriq sexlari, öquv markazlari va boşqa korxonalar 7 sentabr kuni ertalabdan ommaviy ravişda elektr tokidan uzib qöyildi. Bu haqda Kun.uz'ga tumanda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ma’lum qildi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tadbirkorlardan quyoş panellarini örnatişni talab qilgan.
“Quyoş panellarini örnatib, tuzilgan şartnomalarni bizga olib kelib körsatinglar, şundan keyin tok beramiz”, deyişyapti. Endi ertalabdan beri qurbi yetgan, kattaroq tadbirkorlar quyoş panellarini izlaşga tuşib ketgan. Ular-ku amallab örnatar, lekin mening bunga hozir qurbim yetmaydi, menda ortiqça pul yöq. Mayli, bir oy muhlat berişsin örnatişga, amallarmiz. Lekin hozir svetni öçirib, hozir örnatasan deyişlari mantiqsiz. Biznesni zararga kiritişyapti”, – deydi Kun.uz bilan suhbatlaşgan tadbirkorlardan biri.
Tadbirkorlar bunday majburlovlar faqat Oltinkölda emas, boşqa tumanlarda ham bölayotganini aytmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, Namangandagi tumanlarning birida metan-şoxobça quyoş paneli örnatmagani uçun gazdan uzilgan, natijada boşqa şoxobçada turnaqator navbatlar yuzaga kelgan.
Bunga javoban, Energetika vazirligi quyoş panellarini örnatişga majburlaş holatlarini qoralab çiqdi. Vazirlik bunday majburlaş qonunçilikka zid ekanini eslatgan, lekin bunaqa holatlar bölayotganini na tasdiqlagan, na rad etgan. Vaholanki, tadbirkorlarni svetdan uzib qöyayotgan taşkilotlar – hududiy elektr tarmoqlari töğridan töğri vazirlik tizimiga kiradi.
















