Ukrainaning yuqori aniqlikdagi Ğarb qurollari bilan Rossiya hududiga zarbalari NATO davlatlari uruşda bevosita iştirok etayotganini bildiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Putinning sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlari bunday zarbalarni amalga oşirişga qodir emas, bu faqat Ukrainada mavjud bölmagan NATO sun’iy yöldoşlari ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oşirilişi mumkin. Bundan taşqari, Putinning fikriça, faqat alyans harbiy xizmatçilari «uşbu raketa tizimlariga parvoz vazifalarini yuklaşi mumkin».

«[Biz bunday zarbalarga ruxsat beriş qarori haqida gapirganda], NATO davlatlari harbiy mojaroda bevosita iştirok etadimi yoki yöqmi, degan qarorni qabul qiliş haqida gapiramiz», dedi Putin.

Putin sözlariga köra, agar qaror qabul qilinsa, bu «mojaroning mohiyatini, tabiatini özgartiradi» va bu NATO mamlakatlari Rossiya bilan uruş holatida ekanligini bildiradi.

Vladimir Putin avvalroq NATO davlatlari uruşda qatnaşayotgani haqida bir neça bor fikr bildirgan. «Maslahatçilar va instruktorlar nuqtai nazaridan bu yerda heç qanday yangilik yöq. Ular Ukraina hududida mavjud», degan edi u, xususan, iyun oyida. Keyin u Ukraina Qurolli Kuçlari ATACMS va Storm Shadow raketalarini boşqara olmasligiga işonç bildirdi.

Ilgari Ğarb davlatlari Ukrainaga yetkazilgan yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Rossiya hududiga zarba yöllaşga ruxsat bermagan edi. Biroq, Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi va AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning Kiyevga taşrifidan söng, London bunday çeklovni bekor qilgan bölişi mumkin. Bu haqda rasman e’lon qilinmadi, biroq The Guardian gazetasi öz manbalarga tayanib yozdi. Blinken öz taşrifi davomida AQŞ ATACMS raketalariga qöygan taqiqni bekor qilişi mumkinligiga işora qildi.