AQŞning sobiq prezident Donald Tramp öz raqibi, Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris bilan yana bir saylovoldi debatida iştirok etmasligini ma’lum qildi.
«Uçinçi debat bölmaydi!» – deya yozgan u öziga tegişli bölgan Truth Social ijtimoiy tarmoğida kapslok bilan.
Tramp iyun oyida Jo Baydenga qarşi ilk debatni ötkazgan, öşandagi muvaffaqiyatsizlik AQŞning amaldagi prezidenti poygani tark etişiga olib kelgandi.
Trampning saylovlar oldidan Kamala Harrisga qarşi ikkinçi debati – şu haftada Filadelfiyada taşkillaştirildi.
Tramp özini ğolib deb bilayotgan bölsa-da, köplab siyosiy ekspertlar Harris yaxşiroq qatnaşganini aytişmoqda.
«Sörovlar seşanba kuni keçqurun ötkazilgan debatda men demokratlarning radikal söl nomzodi, örtoq Kamala Harris ustidan ğalaba qozonanimni aniq körsatmoqda va u zudlik bilan ikkinçi debat söradi», – deya yozgan Tramp.
«Boksçi jangni yutqazganida, uning oğzidan çiqadigan birinçi söz – „Men revanş xohlayman“ böladi», – deya qöşimça qilgan Tramp Harrisni yutqazgan boksçiga qiyoslab.
Respublikaçilar partiyasi nomzodining sözlariga köra, «Kamala va Jo [Bayden] tomonidan yuzaga keltirilgan barça muammolar unng iyun oyida Bayden bilan ötkazilgan ilk debatida, keyin Harris bilan ikkinçi debat vaqtida batafsil muhokama qilingan», şuning uçun «uçinçi debat bölmaydi». «Kamala sönggi deyarli tört yillik davrda (Jo Bayden prezidentligida) nima qilişi kerak bölganiga e’tibor qaratişi kerak. Millionlab jinoyatçilar va ruhiy kasallar Qöşma Ştatlarga butunlay nazoratsiz kirib keldi va inflatsiya bizning örta sinfimizni vayron qildi», – deb ta’kidlaydi Tramp.

Payşanba kuni ikki nomzod ham debatdagi özaro uçraşuvdan keyin ilk bor muhim ştatlarda saylovoldi mitinglari ötkazişdi.
Kamala Harris Şimoliy Karolinada ikki miting ötkazdi, Tramp Arizonadagi saylovçilar qarşisida çiqiş qildi.
Şarlottadagi mitinglardan birida Harris «saylovçilar uçun Tramp bilan yana bir debat qarz» ekanini aytgan.
Harrisning saylov ştabi Filadelfiyadagi uçraşuvdan keyin darhol yana bir debat ötkazişga çaqirib, saylovçilar «saylov qutisi oldida qanday tanlov qilayotgani: Kamala Harris bilan oldinga yoki Tramp bilan ortga yurişi»ni bilişi kerakligini ta’kidladi.













