Toşkentdagi Inbazar dökonida yoş işçini urgan va haqorat qilgan xodimga ma’muriy iş qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 13 sentabr kuni Sergeli tumanida joylaşgan savdo majmualarining birida işlovçi 2001 yilda tuğilgan B.A. özaro kelişmovçilik oqibatida birga işlovçi 2006 yilda tuğilgan M.T.ni urgan. Uşbu holat savdo majmuasining boşqa xodimi - 1998 yilda tuğilgan X.E. tomonidan videotasvirga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan içki işlar organlariga murojaat qilmagan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») alomatlari bilan hujjat rasmiylaştirilib, qonuniy çora köriş uçun Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudiga yuborilgan.