Samarqand şahrida ötgan samarali muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya federativ respublikasi federal kansleri Olaf Şols qöşma deklaratsiyani qabul qildi.

Umuman, rasmiy taşrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, şu jumladan:

- Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama şeriklik töğrisida hukumatlararo bitim;

- Veterinariya va çorvaçilik sohasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo deklaratsiya;

- "Yaşil Markaziy Osiyo" taşabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalaniş sohasidagi hamkorlik töğrisida hukumatlararo deklaratsiya;

- Öta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik töğrisida qöşma deklaratsiya;

- Transport sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

- Parij bitimi doirasida iqlim özgarişi sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum.

Bundan taşqari, 2024-2026 yillarga möljallangan Texnologik şeriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilindi, şuningdek, Özbekiston va Germaniyaning yetakçi korxonalari darajasida bir qator bitim va şartnomalar tuzildi.