16 sentabr kuni kuni Ostona şarida Qozoğiston prezidenti Qosim Jömart Töqayev Germaniya kansleri Olaf Şols bilan uçraşuvda uning iltimosiga köra Ukraina atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Fakt şuki, Rossiya harbiy jihatdan yengilmaydi. Uruşning yanada avj olişi butun insoniyat va birinçi navbatda, Rossiya-Ukraina mojarosida bevosita iştirok etayotgan barça mamlakatlar uçun tuzatib bölmaydigan oqibatlarga olib keladi. Afsuski, Istanbul bitimini tuzişdan boş tortiş bilan heç bölmaganda sulhga erişiş uçun yaxşi imkoniyat yöqoldi. Ammo tinçlik uçun imkoniyat hali ham mavjud. Turli davlatlarning barça tinçlik taşabbuslarini diqqat bilan körib çiqiş va harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisida qaror qabul qiliş kerak. Keyin hududiy masalalarni muhokama qilişga ötiladi.

Bizningça, Xitoy va Braziliya taklif qilayotgan tinçlik rejalari qöllab-quvvatlaşga loyiq. Davlat rahbarlari kelib-ketadi, lekin xalqlar, ayniqsa, qöşni xalqlar tinç va özaro hamjihatlikda yaşaşi kerak.
Qozoğiston Rossiya bilan dunyodagi eng uzun quruqlik çegarasiga ega bölib, mamlakatlarimiz örtasida hamkorlik strategik şerikçilik va ittifoqçilik doirasida rivojlanib bormoqda. Qozoğiston Ukraina xalqiga va uning öziga xos madaniyatiga çin dildan iliq munosabat bilan qaraydi. Davlatlarimiz örtasida heç qaçon kelişmovçilik bölmagan. Kiyevda mamlakatimiz elçixonasi öz faoliyatini davom ettirmoqda», — degan Qozoğiston yetakçisi Germaniya kansleri bilan tor doiradagi uçraşuvda.
Germaniya kansleri Olaf Şols ilk marta Markaziy Osiyoga taşrif buyurdi. U dastlab Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşdi. 16 sentabr kuni Qozoğiston rahbari bilan uçraşuvlar bölib ötmoqda. Şols 17 sentabr kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan sammit doirasida uçraşadi.













