15 sentabr, yakşanba kuni Samarqand şahrida Germaniya kansleri Olaf Şols va içki işlar vaziri Nensi Fezer Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan migratsiya töğrisidagi bitimni imzoladi. Bu haqda AFP agentligi Germaniya hukumati vakiliga tayanib yozmoqda.
Bir neça oy davomida tayyorlangan yangi kelişuv Özbekiston fuqarolarining Germaniyaga qonuniy migratsiyasini soddalaştirişi kutilmoqda. Şu bilan birga, Toşkent Germaniyada qonuniy asoslarsiz bölganlarni ham qabul qilişga majbur böladi.
«Biz mamlakatga sanoat, hunarmandçilik, soğliqni saqlaş va boşqa köplab sohalarda zudlik bilan zarur bölgan malakali işçilarni jalb qilmoqdamiz», dedi Fezer Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida. Şu bilan birga, uning ta’kidlaşiça, «istiqbolda Germaniyada qoliş huquqiga ega bölmaganlar bizning mamlakatimizni tezda tark etişi kerak».
OAV: Germaniya afğonlarni Özbekiston orqali uylariga jönatmoqçi
Iyun oyida Der Spiegel jurnali Germaniya hukumati qoçqinlik maqomini oliş huquqiga ega bölmagan afğonlarni toliblar bilan töğridan töğri kelişuvlarsiz qaytarib yuboriş uçun Özbekiston bilan muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.
Naşrning yozişiça, may oyi oxirida Germaniya delegatsiyasi içki işlar vaziri Fezer topşiriği bilan Toşkentga taşrif buyurib, Özbekiston hukumati bilan tegişli rejani muhokama qilgan. «Nemislar Özbekiston hukumatiga aniq reja taklif qilişdi», - deb yozadi naşr. «Unga köra, Germaniya afğonistonlik nomzodlarni charter reyslari bilan Toşkentga yetkazişi mumkin. Bu yönaliş Berlin toliblar hukumati bilan töğridan töğri muzokaralar ötkazmasligini, balki çiqarib yuborilişi mumkin bölgan afğonlarni deportatsiya qila olişini ta’minlaş uçun işlab çiqilgan».
Jurnalistlar ta’kidlaganidek, Germaniya IIV delegatsiyasi Toşkentdan qaytgaç, muzokaralar «konstruktiv» ötganini ma’lum qilgan, Özbekiston hukumati Berlin va Toşkent örtasida migratsiya böyiça rasmiy kelişuv imzolansa, yordam berişini va’da qilgan.
Şols Markaziy Osiyoga safarini Qozoğistonga taşrif bilan davom ettiradi
16 sentabr, duşanba kuni Germaniya hukumati rahbari Özbekistonda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uçraşuv ötkaziş, şuningdek, Germaniya-Özbekiston biznes forumida iştirok etişni rejalaştirmoqda, deb yozadi AFP. Şundan söng Şolsning Qozoğistonga taşrifi rejalaştirilgan, u yerda kansler Markaziy Osiyoning beşta respublikasi: Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Turkmaniston rahbarlari bilan "S5+1" sammitida iştirok etadi.

















