Olmazor tumanida uluş kiritiş asosida xonadon xarid qilganlar neça yildirki uyini ololmayapti. Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqarolarga köra, “Smart Houses” MÇJ rahbarini topib bölmayapti. Korxona soliq qarzi sababli bankrot deb e’lon qilingan va tugatiliş arafasida.
Toşkent şahrida köpqavatli uydan xonadon xarid qiliş uçun quriliş bosqiçida pul tölagan yana bir guruh odamlar aldanib qolganini aytmoqda.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, 2018 yilda “Smart Houses” MÇJ Olmazor tumani Ziyo köçasida joylaşgan yerda (Ğalaba boğining orqasidan) yangi uy qurişni boşlaydi.
Öşa yilda xonadon oliş istagida bölgan köplab fuqarolar loyihaga investitsiya kiritişga qiziqtiriladi va ulardan milliardlab summalar jalb etiladi.
2 yil davomida obekt uçun kotlovan qazilib, bir neçta qavatlar kötarilgan, ammo xonadonlar vaqtida egalariga topşirilmagan. Köplab noroziliklardan söng, firmaning sobiq egalari tomonidan mablağlar talon-taroj qilingani aniqlangan. Şu sabab ularga jinoiy iş oçilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Şu bilan 2021 yilning dekabrida firmaga yangi ta’sisçi bölib Şavkat Şermatov ismli şaxs kelib, qurilişni davom ettirgan. Fuqarolarga köra, 2024 yilga kelib 8 va 5 qavatli uylar töliq qurib bitkazilgan.
Kun.uz'ga berilgan ma’lumotlarga köra, uy jami 7 ta: A, B, V, G , D, E va J bloklariga bölingan. Şuning 3 ta: A, B, V bolidagi 77 ta xonadon tölov qilganlarga topşirilgan.
Qolgan 4 ta blokdagi 118 ta xonadon egalari esa hanuzgaça kalitlarini ololmayotgani, quruvçi firma odamlarni aldab yurgani aytilmoqda.
“Nega kalitni bermayapti, sababini bilmayapmiz”
“Bizni işontirişdi, sabr qilsak, uyni berişlarini aytişdi. Agar şikoyat, töpolon qiladigan bölsak, közlariga yomon körinib qolişimizni aytişdi. Odamlar bir-biriga dalda berib, kutaverişdi, 6 oy deb, yana 6 oydan keyin boşqa gap qilişdi.
[Xonadonlarni] nimaga bermayotganini sörasak, “nega bermaymiz, sabr qilsanglar beramiz” deyişdi. 6 yil muddat ham katta sabr bölsa kerak, bir bola 6 yoşga kirgan bölardi”, – deydi fuqarolardan biri.
“
















