AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp golf öynaş bilan maşğul bölgan golf-klub hududida öq ovozlari eşitildi. Tramp bu vaqtda otişma joyidan bir neça yuz metr masofada bölgan. FQB hodisa suiqasdga urinişdek körinayotganini ma’lum qilgan. OAV havayilik 58 yoşli Rayan Uesli Raut gumondor sifatida qölga olinganini ma’lum qilgan.

«Prezident Tramp xavfsizlikda», — deya ma’lum qilgan uning saylovoldi kampaniyasi kommunikatsiyalar böyiça direktori Stiven Çung. Hodisa AQŞ prezidentiga iyul oyida uyuştirilgan suiqasdni yodga soldi.

Hodisadan tört soat keyin FQB, Maxfiy xizmat va mahalliy politsiya vakillari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida Trampga tegişli bölgan golf-klub yaqinida  maşinada yaşirinişga uringan erkak uşlangani, hududdagi butazorda esa — Kalaşnikov avtomati topilgani ma’lum qilindi.

Prezidentlar va sobiq prezidentlarni qöriqlaşga mas’ul bölgan Maxfiy xizmatga köra, uning xodimi butazorda qurol stvolini payqab qolgan va hamkasblari bilan birgalikda darhol şu tomonga öt oçgan.

Keyin guvohlar bir odam butazordan çopib çiqib qora rangli Nissan avtomobili tomon yugurgani, maşinaga ötirib, jönab ketganini körişgan. Politsiya uşbu şaxsni qöşni okrugdagi şosseda tutib olişgan.

Mahalliy politsiya şerifiga köra, Maxfiy xizmat agentlari otgan öqlar unga tegmagan. Butazordan optik möljallagiç örnatilgan AK-47 rusumli avtomat, ikkita ryukzak va GoPro videokamerasi topilgan.

Matbuot anjumani iştirokçilari Tramp xavfsizlikda bölganini ta’kidlaşgan. Ularning izohlaşiça, u golf öynayotganida qöriqçilar doimo undan oldinroqda yuradi. Bu holatda sobiq prezident otişma joyidan 300-500 metr berida bölgan.

Okrug şerifi gumonlanuvçi aynan guvoh yordamida tezda qölga olinganini aytgan — u politsiyaçilarga uşbu şaxs, uning maşinasini tasvirlab bergan va hatto Nissan raqamini eslagan.

Köp ötmay bu maşinani qöşni Martin okrugiga olib boruvçi (Trampning golf-klubi Palm-Biç okrugida joylaşgan) şosseda payqaşgan. Okrug politsiyasiga bu ma’lumot yetkazilgaç, Nissan töxtatilgan va haydovçi qölga olingan. Şundan keyin guvoh Martin okrugiga olib borilgan va u qölga olingan şaxsni tanigan.

Amerikadagi qator yetakçi telekompaniyalar va gazetalar huquq-tartibot organlaridagi anonim manbalariga asoslangan holda qölga olingan şaxs Rayan Uesli Raut (Ryan Wesley Routh) ekani, u 58 yoşdaligi va Havayida yaşaşini ma’lum qilişdi. Hozirça qölga olinganning şaxsi böyiça rasmiy ma’lumot berilmagan.