Rossiya «FSB» «Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi («GUR») agenti» öldirilgani haqida xabar berdi, u maxsus xizmat ma’lumotlariga köra, Sverdlovsk oblastidagi mudofaa korxonasi rahbarining maşinasini portlatiş uçun «qölbola portlovçi qurilmani yasagan». Bu haqda 17 sentabr, seşanba kuni TASS davlat agentligi «FSB» Jamoatçilik bilan aloqalar markaziga asoslanib yozdi.

Kuçişlatar tuzilma rasmiylariga köra, «agent» şuningdek, «Rossiyada taqiqlangan Ukraina millatçi terrorçi taşkiloti» a’zosi bölgan. «Yaşirin joyga qölbola portlovçi moslamani örnatayotgan paytda u qurolli qarşilik körsatgan va javob öqlari bilan zararsizlantirilgan», — deyiladi Jamoatçilik bilan aloqalar markazi bayonotida. «FSB» hozirda «terrorçiga noqonuniy faoliyatni amalga oşirişda yordam körsatgan» şaxslar aniqlanayotganini ta’kidladi.

«FSB» uruş boşidan beri kamida 10 rossiyalikni Ukraina manfaatini közlab terakt tayyorlaganlikda ayblab öldirdi

«Agenstvo. Novosti» Telegram-kanali, öz navbatida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri Rossiya maxsus xizmatlari Rossiya Federatsiyasining kamida 10 fuqarosini öldirganligini, keyinçalik ular Ukrainaning körsatmasi böyiça teraktlar tayyorlaşda ayblanganini hisoblab çiqdi. Bu bahonada jami 16 kişi öldirilgan - ulardan beş nafarining fuqaroligi körsatilmagan, yana biri belaruslik edi.

Köpinça, Ukraina agentlari deb atalganlar Zaporijjya oblasti egallab olingan qismida (3 kişi) öldirilgan. Yana bir qotillik bosib olingan «LXR» hududida sodir böldi. «FSB» ma’lumotlariga köra, barça «agentlar» qurolli qarşilik paytida öldirilgan.