Xavfsizlik bilan boğliq vaziyat keskin özgargani sababli Lufthansa Group aviakompaniyalari Tel-Aviv va Tehronga barça reyslarni töxtatişga qaror qildi. Bu haqda 17 sentabr, seşanba kuni Lufthansa matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaror qabul qilinişidan avval Livandagi «Hizbulloh» harakati jangçilari işlatgan peyjyerlar Livanda ommaviy ravişda portlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bayrut va harakat vakillari voqeada Isroilni aybladi. Ular yahudiy davlati öz qilmişlari uçun «tegişli jazo» olişini aytişdi.

19 sentabrga qadar Lufthansa Group aviakompaniyalarining barçasi Isroil va Eron havo hududini çetlab ötadi.

Çiptalarni bepul qayta bron qiliş mumkin

«Lufthansa Group vaziyatni diqqat bilan kuzatişda davom etmoqda va yaqin kunlarda uni baholaşda davom etadi», — deya qöşimça qilindi xabarda.

«Biz yölovçilarimizga yetkazilgan noqulaylikdan afsusdamiz va bekor qilingan reyslarga çipta olgan yölovçilar bilan aloqadamiz», — deyiladi kompaniya xabarida. Yölovçilar çiptalarni keyingi muddatga bepul qayta bron qiliş yoki çiptaning töliq narxini oliş imkoniyatiga ega böladilar.

Peyjyer portlaşlari natijasida kamida 2800 kişi jarohatlangan

Livan Soğliqni saqlaş vazirligining 17 sentabr kuni xabar berişiça, peyjyer portlaşlari oqibatida kamida 2800 kişi jarohatlangan va 9 kişi halok bölgan.

Halok bölganlar orasida «Hizbulloh» yetakçilaridan birining öğli, şuningdek, 10 yoşli qiz ham bor. Qurbonlardan biri Eronning Bayrutdagi elçisi Mojtaba Amanidir, deya xabar beradi Fars agentligi.

Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.