Panorama Airways va Gulbakhor Airways firmalari mansabdorlariga oid jinoyat işi sudda körib çiqilmoqda. Uşbu iş doirasida jabrlanuvçilar soni 2 558 nafarni taşkil etgan. Ularga yetkazilgan zarar miqdori esa 25 mlrd söm. Bu haqda Toşkent şahar sudida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Toşkent şahar sudida 9 oylik yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, yil boşidan buyon hozirgaça Toşkent şahri böyiça uç nafar sudyaga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

“Hozirgaça JIB Sergeli tuman sudyasi hamda Yangihayot tuman sudi raisi va uning xodimiga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Sohada bunday holatlarga duç kelişimiz mumkin va bu kabi voqealarni yaşiriş ham kerak emas”, deydi Toşkent şahar sudi raisi Erkin Xojaqulov.

Matbuot anjumanida, şuningdek, Panorama Airways va Gulbakhor Airwaysʼga oid sud işi haqidagi jurnalistlarning savollariga javob berildi.

“Panorama Airways va Gulbakhor Airways firmalari tomonidan Umra safariga yuboriş va’dasi bilan aldanib qolgan jabrlanuvçilar soni 2558 tani taşkil etadi. Bunda yetkazilgan zarar esa 25 mlrd hisoblanadi. Bu iş böyiça sud işlari davom etmoqda. Jurnalistlar firibgarlik jinoyatini sodir etgan şaxslar belgilangan jazoni ötab bölib ozodlikka çiqqanda ham yana qayta öşa jinoyatga qöl urmoqda yoki muddatidan oldin ozod etilmoqda qabilidagi gaplarni ta’kidlaşdi. Biz bu masalada bir neça takliflarni bermoqdamiz. Ya’ni firibgarlik bilan jinoyat qilgan va qayta şu jinoyatni takrorlagan şaxslarga ikkinçi bora firibgarlik böyiça sudga tortilganda jazoni yengillaştiruvçi çoralar körilmasligi kerakligini taklif sifatida taqdim qilmoqçimiz. Ammo televideniye yoki ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi jinoiy işlar haqida xabar berib, aholini ogohlikka çaqirmaylik, baribir aldanib qoliş holatlari uçramoqda. Bu kabi holatlar ançagina köpaygan. Sabab aholining bilimsizligi va ogohlikka e’tibor bermasligi. Aholining yuridik salohiyati oşsa, biror uyni yoki tur firmaning xizmatini sotib olişdan oldin taşkilot haqida atrofliça ma’lumot yiğiş kerak. Qarindoş yoki tanişning oğzaki gapiga işonib aldanib qolayotganlar ham ançagina. Buning yeçimi huşyor böliş. Yangiliklardan boxabar bölib keyin harakat qiliş kerak”, deydi Toşkent şahar sudi raisi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanişiça, Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudlari tomonidan 2024 yil 9 oyi davomida 8 644 nafar şaxsga nisbatan 7 170 ta jinoyat işi, 12 091 ta sanksiya va materiallar körib tamomlangan. Uşbu davrda sudlar tomonidan 714 nafar şaxslar sud zalidan ozod qilingan bölsa, 411 nafar şaxslar sud zalidan qamoqqa olingan.