Panorama Airways işi doirasida 39 ta turfirmaga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Transport prokuraturasining Turizm qömitasiga yozgan xatida qayd etilgan.

Hujjatda keltirilişiça, Transport prokuraturasining Turizm qömitasidan turizm faoliyatini amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi 40 ga yaqin turfirmalarining faoliyatini vaqtinça töxtatib turişni söragan. Bunga sabab sifatida uşbu turfirmalarning mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.

“Jinoyat iş hujjatlariga köra, “Panorama Airways” MÇJ va yuqorida qayd etilgan turizm faoliyatini amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi bir neçta tadbirkorlik sub’yektlari Umra tadbirlari uçun 3 931 nafar Özbekiston fuqarosining juda köp miqdordagi pullarini aldaş va işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan qölga kiritib, ularni Saudiya Arabistondan Özbekistonga qaytarmagan”, deyiladi Transport prokuraturasi xatida.

Bugunga kelib işning ikkinçi muammoli tomoni borligi ham oydinlaşdi: “Gulbakhor Airways” MÇJga pul tölab, şartnoma qilgan fuqarolar pulini qaytarib ololmayapti.

Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqarolarga köra, jabrlanganlarning köp qismi “Gulbakhor Airways” MÇJ bilan şartnoma tuzib, pul tölagan. Ammo bugungi kungaça na Umra safariga yuborilgan, na pullari qaytarib berilgan.

“Biz 4 kişi Umra safariga boriş uçun 2024 yil 11 yanvarda “Gulbakhor Airways” MÇJ bilan şartnoma tuzdik. 24 yanvar kuni safarga çiqişimiz kerak edi, ammo bunday bölmadi. 22 yanvar kuni MÇJ ofisiga bordik. U yerda bizga 26 yanvarda uçasizlar deyildi. Lekin yana uçmadik. Qönğiroq qilsak, samolyot buzilgan, endi 1 fevral kuni uçasizlar deyişdi. Yana bölmadi. Keyin 4 fevralda, 7 fevralda uçasizlar degan javoblarni eşitdik. Işonçimiz qolmagani sababli pulimizni qaytarib olmoqçi edik, berişmadi. Yaxşi niyatda “Gulbakhor Airways” MÇJga pul tölab, şu yoşimizda sarson bölib yuribmiz. Yaxşi niyatda misqollab yiğgan pulimizni qaytarişsin yoki Umra safariga yuborişsin”, deydi murojaatçilardan biri.