Qoraqalpoğistonda Telegram’ga soxta havola joylab, şu orqali özganing pullarini özlaştirgan şaxs uşlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Buxoro viloyatida yaşovçi Yo.M. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 410 ming söm noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpoğistonda yaşovçi A.J. sodir etganligi aniqlangan.

Unga köra, A.J. internet foydalanuvçilariga Telegram orqali soxta havola jönatib kelgan. Bunga işongan Yo.M.ning bank karta ma’lumotlarini qölga kiritib, ikkinçi foydalanuvçi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 16 mln 410 ming sömni özining bank kartasiga ötkazib olib, öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.