AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning içki saylovoldi materiallarini öğirlagan eronlik kiberjinoyatçilar uşbu hujjatlar parçalarini elektron maktub tarzidagi amaldagi prezident Jo Baydenning saylovoldi kampaniyasiga boğliq şaxslarga yuborgan. Bu haqda Amerika maxsus xizmatlari ma’lum qildi.
Federal qidiruv byurosi (FQB), AQŞ Milliy razvedkasi boşqarmasi hamda Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi böyiça agentlik qöşma bayonotida elektron maktublarni qabul qilganlar hakerlarga biror javob qaytargan-qaytarmagani noma’lum ekani aytiladi. Bundan taşqari, iyun oyidan beri eronlik hakerlar Tramp kampaniyasiga boğliq öğirlangan içki materiallarni Amerika OAVga ham yuborişga uringan.
Şuningdek, bayonotda ta’kidlanişiça, AQŞda noyabr oyida ötkaziladigan saylovlar yaqinlaşayotgani bois Rossiya, Eron va Xitoy ularga ta’sir körsatiş harakatlarini kuçaytirmoqda. Maxsus xizmatlarga köra, ular «öz manfaatlari uçun Amerika jamiyati orasida bölinişni kuçaytirmoqda va saylovlarni zaiflik davri sifatida körmoqda».
«Mazkur yoki boşqa xorijiy sub’yektlarning demokratik institutlarimizni buzişga urinişi AQŞga töğridan-töğri tahdid bölib, bunga yöl qöyilmaydi», — deya ogohlantiradi maxsus xizmatlar.
Google ma’lumotlariga köra, sönggi olti oy içida Qöşma Ştatlar va Isroilga barça APT42 hujumlarining qariyb 60 foizi töğri kelgan. Kompaniya eronlik hakerlar faoliyatini AQŞda bölib ötadigan prezidentlik saylovlari bilan boğlaydi. Şunday qilib, yaqinda sodir bölgan hujumlar bölajak saylovlarda demokratik nomzod bölgan vitse-prezident Kamala Harrisning aloqalariga ham ta’sir qilgan. Bundan taşqari, iyun oyida hakerlar Tramp saylovoldi ştabining içki hujjatlariga kiriş huquqiga ega bölişgan.

















