20 sentabr kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elçilar tomonidan işonç yorliqlarini topşiriş tantanali marosimi böldi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindiston Favqulodda va muxtor elçisi Smita Pant, Koreya Respublikasi Favqulodda va muxtor elçisi Von Do Yon, Möğuliston Favqulodda va muxtor elçisi Daadanxuu Batbaatar, Germaniya Federativ Respublikasi Favqulodda va muxtor elçisi Manfred Xuterer, Isroil Favqulodda va muxtor elçisi Gideon Lustig va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaardan işonç yorliqlarini qabul qildi.

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini Özbekistondagi şarafli va mas’uliyatli faoliyati rasman boşlangani bilan samimiy tabrikladi.

Bugungi kunda jahondagi beqaror va tez özgarayotgan davrda elçilarning nafaqat öz mamlakatlarining manfaatlarini ilgari suriş, balki xalqlarimiz örtasida döstlik va hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaşga qaratilgan şarafli faoliyatining ahamiyati keskin ortib borayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz oçiq, konstruktiv va pragmatik taşqi siyosat natijasida Yangi Özbekistonning xalqaro maydondagi örni va mavqei tobora mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi tomonidan mamlakatimiz taşabbusi bilan 10 dan ortiq, jumladan, joriy yilning özida katta ahamiyatga ega 4 ta maxsus rezolyutsiya qabul qilingani buning tasdiğidir.

Murakkab global vaziyatda ham Özbekiston iqtisodiyoti barqaror ösmoqda, Jahon banki bu yil ösiş 5,3 foizni taşkil etişini prognoz qilmoqda. Xalqaro valuta jamğarmasi e’tirof etganidek, ötgan yil yakuni böyiça mamlakatimiz yalpi içki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oşdi.

Parijdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlari mamlakatimizning yangi sport tarixini yaratgan yoş sportçilarimizning rekordlari va misli körilmagan yutuqlari maydoniga aylandi.

– Bularning barçasi ortga qaytmas tus olgan keng kölamli islohotlarimizning samarasidir, - dedi davlat rahbari.

Özbekiston Respublikasi "Özbekiston - 2030" strategiyasi asosida demokratik jamiyat quriş, iqtisodiyotni yanada erkinlaştiriş, sanoat va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qiliş, tadbirkor va investorlar uçun keng imkoniyatlar yaratiş siyosatini davom ettirişi ta’kidlandi.