Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati Ellikqal’a tumanida sodir bölgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
10 avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududidan ötuvçi 4H-155 «Böston-Sarabiy» avtomobil yölining 10-kilometrida ikki avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi, uning iştirokçilaridan biri yöl-patrul xizmati avtomobili bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Lacetti haydovçisi, 1977 yilda tuğilgan Z.Yu (u avtotransport boşqariş huquqiga ega bölmagan ehtiyotsizlik oqibatida qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va YPX xodimi, 1981 yilda tuğilgan N.A.ga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomobili bilan töqnaşgan.
Hodisa natijasida Lacetti haydovçisi Z.Yu olgan tan jarohatlari tufayli şifoxonada vafot etgan. Şuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Ellikqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















