17 sentabr kuni Boysundagi M25 konida sodir bölgan avariya 4 kişini hayotdan olib ketdi. Marhumlarning yaqinlariga köra, konning boşqa quduqlarida işlovçi xodimlar öşa kuni tozalaş işlarini bajariş uçun “oğzi yopilgan” quduqqa jalb qilingan. Kutilmagan avariya esa halokatli yakunlangan. Boysunda bölib turgan Kun.uz muxbiri marhumlarning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.

M25 konida avariya sodir bölişi oqibatida 4 kişi halok bölgan va 11 kişi jarohatlangandi. Kun.uz muxbiri baxtsiz hodisada halok bölgan xodimlarning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.

Marhumlarning yaqinlari bu halokatda texnik nosozlik deyilgani bilan mas’ullarning ham aybi borligini, işçilarni bir neça kun ötmasdan “zalivka” qilingan quduq yoniga olib borişganini aytişmoqda.

Jumladan, marhumlardan birining qarindoşi Salomat Tangirqulova şunday deydi:

“Birinçi portlaş 1 sentabrda böldi. Hammamiz uyda edik. Keçqurun qişloqdan çiqib ketinglar, degan xabar keldi. Şaharga çiqib ketdik biz. Keyin yopildi degan xabar keldi. 17 sentabr kuni esa birdan qarsillagan ovoz eşitildi. Tez yordam maşinalari öta boşladi.

Turmuş örtoğim xavotirga tuşa boşladi. Men unga xavotirga tuşmaslikni, jiyani boşqa “burovoy”da işlaşini aytdim. Yöq, negadir xavotirga tuşdim, dedi.

Yigitni şu kuni tozalaşga olib borgan ekan. Keyin qöşnim qönğiroq qilib, turmuş örtoğimni bir kişi sörayotganini aytdi. U kişi xöjayinimga jiyanining ahvoli oğir ekanligini, tez borişini ma’lum qildi.

Turmuş örtoğim va öğlim şoşib çiqib ketişdi. Borişsa allaqaçon morgga olib ketişgan ekan. Şunday qilib keçasi olib kelişdi. Yigitni bizga körsatmadi, boş tomonida jarohati bor ekan. Kiyimlari botqoq ekan. Qanday botqoq bölgan u yerda, bilmadim.

Texnik nosozlik deyişgani bilan öşa yerdagi mutaxassislarning ozroq aybi bölgan. Bugun yopilgan “burovoy”ning ostiga şunça yigitni ölimning oğziga olib borganday bölganda.

Ikki yil oldin hamma birlaşib, uylantirgandik. Xotini ikkinçi farzandiga homilador edi.

Bu yigitning onasining nolasiga çidaş qiyin: gaz bir tomon, onaning nolasi bir tomon bölib turibdi. Birovga yomon gapiradigan bolalar emasdi.