Sirdaryo tumanida bir guruh tadbirkorlar hokimlik binosi oldiga töplandi. Ular hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz ravişda, quyoş panellari örnatmagani uçun elektrdan uzib qöyilganidan norozilik bildirişgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tadbirkorlarning “sveti”ni öçirgan, şunça odam sarson. Quyoş panellarini qöyiş uçun majburlab öçirişyapti. Elektr ta’minoti korxonasiga borsak, ixtiyoriy deydi, ammo asoslab berişmayapti nega bizni elektrdan uzişganini”, deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan tadbirkorlardan biri.
Boşqa bir tadbirkor esa oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğullanişini, muzlatkiç işlamasa mahsulotlari buzilib qolişini ma’lum qilgan.
“Bu oçiqçasiga tadbirkorni “sindiriş”. Bir kunda kutilmaganda elektrdan uzib qöyişyapti quyoş paneli örnatmading deb. Muzlatkiçda göşt va boşqa mahsulotlar bor. Ular buzilib, iste’molga yaroqsiz bölib qolsa, ortiqça xarajatga tuşaman, “minus”ga kiraman”, deydi u.
Tadbirkorlar hokimlik binosi oldidagi yölni ham tösib qöyişgan. Ma’lum bir vaqtdan söng tuman hokimi kelib, ular bilan uçraşgan.
Özbekiston böylab tadbirkorlarga quyoş panellarini örnatiş majburiyati qöyilmoqda. Panel örnatmaganlar elektr tokidan uzilişi borasida HETK tomonidan ogohlantirilgan. Energetika vazirligi bunday harakatlarni noqonuniy deyişi bilan bu noqonuniy harakatlar töxtab qolgani yöq.
Oldinroq Oltinköl va Oqqörğon tumanlari, Farğona va Quvasoy şaharlarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham Kun.uz'ga murojaat qilib, quyoş panellarini örnatişga majburlanayotganini bildirgandi.

















