“Kambağallikni qisqartiriş va aholi turmuş farovonligini oşiriş borasidagi çora-tadbirlarni yangi bosqiçga olib çiqiş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi
2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambağallikdan çiqariş davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlarining birinçi darajali vazifasi etib belgilandi.
Kambağallikni qisqartiriş sohasida erişilgan ijobiy natijalar va töplangan milliy tajriba hamda ilğor xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni özi va farzandlari kelajagi uçun mas’uliyat bilan yondaşişga undaydigan va salohiyatini röyobga çiqariş uçun imkoniyat yaratişga qaratilgan “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oşiriladi hamda dasturini amalga oşiriş böyiça respublika komissiyasi taşkil etiladi.
Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvçi “Kambağal oilalar uçun yettita imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida amalga oşiriladi:
- barqaror bandlik va yuqori daromad topişga erişiş;
- ta’lim oliş va kasb-hunar örganiş;
- kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalaniş;
- ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş;
- yaşaş şaroitlarini yaxşilaş;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş;
- davlat organlari xodimlari bilan töğridan töğri muloqot qiliş.












