Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish kengashiga bosh vazir raislik qilishi, uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlarini tuzish rejalashtirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda Milliy malaka tizimini isloh qilish masalalari ko‘rib chiqildi. So‘nggi yillarda bu borada muayyan ishlar qilindi, lekin vazifalar undan-da ko‘p. Mingdan ziyod ishchi kasblarning standartlari ishlab chiqilmagan. Ayrim kasblar bo‘yicha kvalifikatsiyalar xalqaro talablarga mos kelmaydi.
Shu bois endi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.
Ta’lim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi. Lavozim va kasblar klassifikatori qayta ko‘rib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda bo‘lmaganlari chiqarib tashlanadi.
Davlat rahbari texnikumlarni jihozlar va ish qurollari bilan ta’minlash, zamon talablariga mos ishchi-mutaxassislar tayyorlash, buning uchun amaliyotga keng o‘rin berish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi

14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi

14:31 / 01.02.2025