Samarqandda xalqaro delegatsiya bilan birgalikda barpo etilgan ikkita boğning, şuningdek, ekologiya boşqarmasi va jurnalistlar jamoasi tomonidan yaratilgan boğ daraxtlari qurib yotibdi.
Qayd etib ötiş lozimki, yangi boğlarning barçasi Samarqand tumanida joylaşgan.
Birinçi boğ «CRIC-21 yaşil boği» degan tantanali nom bilan 2023 yilning 13 noyabrida Samarqand şahrida BMTning çöllaşişga qarşi kuraşiş konvensiyasini körib çiqiş qömitasining 21-sessiyasi doirasida barpo etilgan edi.
Daraxt ekiş tadbirida BMT boş kotibining örinbosari, çöllaşiş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş konvensiyasining ijroçi kotibi Ibrohim Tiau, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining raisi Tanzila Norboyeva, ekologiya vaziri Aziz Abduxakimov va xorijiy delegatsiya vakillari iştirok etişgan edi.

Oradan bir yil ötmasdan, 1000 tup qimmatbaho manzarali daraxtlar ekilgan 2,5 gektar ekanligi aytilgan boğ töliq qurib ketgan.

Ikkinçi boğ Samarqand tumani markazi Gulobod şaharçasiga boriş yölining yoqasida, joylaşgan. U 2024 yilning fevralida Samarqandda ötkazilgan yovvoyi hayvonlarning köçib yuruvçi turlarini saqlaş böyiça konvensiya tomonlarining 14-konferensiyasi — COP14 yiğilişi doirasida barpo etilgan edi va «COP-14 Yaşil jamoat parki» deb atalgandi.

Öşanda ham ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, BMTning Yovvoyi hayvonlarning köçib yuruvçi turlarini saqlaş töğrisidagi konvensiyasi ijroçi kotibi Emi Frenkel, xalqaro delegatsiyalar vakillari va xorijlik mehmonlar iştirokida boğda şumtol, zarang, yapon saforasi, Qrim qarağayi va boşqa daraxt köçatlari ötqazilgan.

Aziz Abduhakimov «COP14 — Yaşil jamoat parki» 4,5 gektar maydonni egallaşi, parkda jami 2500 tup turli daraxtlar ekilişi, bu yerda savdo dökonlari, avtoturargoh, şaxmat maydonçalari qurilişini, umuman park aholi uçun har tomonlama qulay bölgan madaniy hordiq maskaniga aylanişi aytgan edi.




















