“Kompensatsiya berişsin” - Boysunliklar ikkinçi avariyadan keyin qanday yaşayapti?
|22:15 / 26.09.202429 18111 min
Kun.uz muxbiri Kofrun qişloğida, aholi evakuatsiya qilingan joyda va kasalxonada bölib, vaziyatni örgandi. Boysunda maktabdan qaytayotgan bolalarning gazdan zaharlanib yiqilib qolgani holatlari kuzatilgan. Biz suhbatlaşgan aksar aholining fikriça, konni burğilayotgan pudratçi kompaniya yetkazilgan zararlar uçun kompensatsiya tölaşi kerak.
17 sentabr kuni Boysun tumanidagi gaz konida sodir bölgan takroriy avariya natijasida 4 kişi halok bölib, 11 kişi jabrlandi. Quduqdan oltingugurt gazi sizib çiqişi davom etib, hamon aholi salomatligiga xavf solmoqda.
Kon Boysun şahridan 20 kilometr janubi-şarqda, toğoldi-adir relefida joylaşgan.
Avariya yuz bergan quduqqa eng yaqin aholi yaşaş punkti bu – Kofrun qişloği. Qişloq ayni paytda deyarli huvillab qolgan. Aholi evakuatsiya qilingandan söng oilalardan biror kişi qişloqqa kelib, uy hayvonlarining suvi va yem-xaşagini berib ketmoqda.
“Boşimiz oğriyapti, könglimiz ayniydi. Bolalarimni Rabotga taşlab, uydagi mol-hollarga suv, yem beriş uçun uyga kelib-ketyapman. Odamlarning uyidan qöylari, mollari öğrilangani haqida ham gaplar çiqdi”, deydi kofrunlik ayol.
Qişloqdan köçib ketmaganlar ham bor. Ular uylaridan çiqib ketsa, sarson bölişini aytadi.
“Men ham şu sohada işlaganman. Oltingugurt zararli gaz hisoblanadi, qiynalib yotibmiz. Nabiralarim şaharda, qizimnikiga ketişgan. Men, bir nevaram va kampirim uydamiz. Kompensatsiya degan narsa beriş kerak, soliqdan ozod qiliş kerak... Turişi ziyon-da bu gazning. Bu yerdan çiqib, kollejga boringlar deydi. U yerga borgan bilan şaroit yöq, içkarida suv yöq deyişyapti.
Odamlarning qon bosimi kötarilib, tomoq oğriği, köz oğriği, har xil qiyinçiliklarga duç kelyapti. Kimning qayerida oğaynisi bölsa, öşa yerga borib turibdi. Qarindoşi yöqlar kollejda yotibdi. Bugun qişloqda qolganlarga Eriell kompaniyasidan oziq-ovqat: yoğ-moy, göşt, mayda-çuyda taşqatib ketişdi”, deydi kofrunlik bir pensioner erkak.
Boysunda qiş sovuq keladi. Hozir qişloqning evakuatsiya qilingan aksariyat aholisi Boysun şahrida, qolganlari turli hududlarda yaşaydigan qarindoşlarinikiga ketgan. Odamlar qişda qayerga borişga hayron, şu sabab ofat bartaraf etilişidan umid qilmoqda.
Mavzuga oid
“Tirikçiligim çorva mollaridan bölgani uçun şu yerdaman. Bizning uyimiz joylaşgan joyda şamol yaxşi aylanadi, havodagi gaz köp turib qolmaydi. Oilamiz bilan qayerga ham borardik, şaroiti borlar kollejga boryapti. Bir marta konni yopişganida yaxşi bölgandi, hamma tinçigandi. Palakat, yonib çiqib ketibdi. U kuni kattalar kelib, yopişga va’da berdi. Bitta sizlar emas, 4-5 ta qişloq ziyon köryapti deyapti”, – deydi kofrunlik Mansur Qulmamatov.
Qişloqda yaşovçi yana bir fuqaro mutasaddilar tomonidan ötkazilgan brifingda aytilgan ma’lumotlardan qoniqmaganinini bildirdi. Şuningdek, aholiga moddiy va ma’naviy kompensatsiya berilişi kerakligini aytdi.
“Brifingda bizga umuman keraksiz narsani bergan: gazning tarkibi, neçançi yilda işlar borilgani – bu xalqqa umuman qiziq joyi yöq. Odamlar bizga kompensatsiya berişi kerak, deydi. Bu yerdagi aholi, masalan men, maktabda işlab 1 mln söm oylik olaman. 1 mln bilan tirikçilik qilib bölmaydi-ku, özlaring bilasizlar. Qöşimça çorva bilan şuğullanaman. Işlamaydigan qatlamlar ham çorva bilan band. Ular çorvasini kelib körib ketişga yölkira sarflayapti”, – deydi u.
Mutaxassislar avariya oqibatlarini hamon bartaraf etişga urinmoqda. Safarimiz davomida nafaqat Kofrun qişloği, balki butun tuman hududida, qolaversa, qöşni Şerobod, Muzrabot tumanlarida ham badböy vodorod sulfid hidini tuydik.
Aholi yaşaş punktidagi fuqarolar orasida tan jarohati oliş holatlari aniqlanmagan. Lekin zaharli gaz hidi ularning salomatligiga xavf solmoqda. Biz tuman tibbiyot birlaşmasida böldik. Boysun tumanidagi Mustaqillik mahallasida yaşovçi Dilrabo Mirzayevaning sözlariga köra, uning 9-sinfda öqiydigan qizi maktabga borib-kelişda gazdan zaharlangan.
“Obed vaqtida gaz hidi köpayyapti. Biz tomonda özi gaz tarqalişi köp. Maktabdan kelişida oltingugurtdan zaharlandi. Uçinçi martami şifoxonaga olib kelişimiz, keçasi kelamiz... Gaz köp-da, xonalarning ham içi hid, hamma farzandim gazladi. Uyga hamşira çaqirib turibmiz, lekin bu qizimni şifoxonaga olib kelmasak bölmay qoldi. Nafas yetmay qoldi.
Boşqa bir qizim 4-sinfda öqiydi, u bilan ham şunday böldi, maktabdan kelayotgan joyida köçada gaz hididan yiqilib qolgan. Xudoga şukr, tibbiyot xodimlari yordam beryapti. Osma ukol olganidan keyin, öziga keldi, hozir uyda.
Aholi taşqariga çiqa olmayapti. Keça keçqurun soat 8 dan boşlanib, tungi 2-3 gaça davom etdi. Uyda hamma joyni yopib, konditsioner qöşyapmiz, baribir şunda ham kiryapti. Maktabga jönatmaylik desak, öqituvçilar qöymayapti, jönat, heç kim gazdan ölgani yöq deb. Jönatsak, mana bu ahvol bölyapti. Ketiş kerak deydi, ketib qayerga boramiz?” – deydi boysunlik ayol.
Farzandini şifoxonaga yotqizgan erkaklardan biri burğilaş sohasida bir neça yildan beri işlaşini aytdi. Uning sözlariga köra, qişloqda qoliş endi xavfli.
“Özim şu sohada işlayman. Beş qöl barobar emas, burğulaşda hammasi har xil işlaydi, baribir bittasida bölmasa, bittasida kamçiligi böladi. Baribir şunday voqea böladi. U yerda bosim katta. 780 atmosfera bosimni öylang... Pastdan qarşilikni 400 atmosferaga bosib, agregatlar bilan sement haydagandan keyin, u yerda kutiş böladi, sement qotişi kerak, yuqori bosim turibdi. 400 atmosfera bosimning oldiga olib borib işlatiş mumkin emas. Biz Buxorodagi konlarda işlaymiz, biz ham zalivka qilamiz-da, 200-250 atmosferaga bosib qöyamiz, 3 sutka turadi – oldiga bormaymiz. Men hayron bölaman, nega oldiga olib borib işlatgan? Kim işlatgan? Mumkin emas.
Kompensatsiya berişi kerak-da. Hamma zarar köryapti. Xarajatimizni kim kötaradi, töğrimi? 1 sentabrdan beri şunday yuribmiz. Beşta bolam bor... Uyga borganimda, taşqarida turgan sirli satilning içida mana şunça (ikki barmoği bilan taxminan yarim sm qalinlikni körsatadi – tahr.) oltingugurt turganini kördim. Çökib qolgan. Temir buyumlar usti esa xuddi moy, solyarka sepgandek yiltillab qolgan”, – deydi u.
Boysun tuman tibbiyot birlaşmasi bölim boşliği Farhod Abduğaniyevning aytişiça, şifoxonaga yengil darajada zaharlaniş belgilari – boş oğriği, köngil aynişi, darmonsizlik şikoyatlari bilan bemorlar kelib turibdi.
“Kerakli yordamlardan keyin 1-2 soatda bemorlarning gemodinamik körsatkiçlari – qon bosimi, pulsi barqarorlaşyapti. Bemorga tuşuntirişlar berib, uçastka vraçlari nazoratida böliş tavsiya etiladi. Hozir yotgan bemorlarimiz yöq, oğir bemorlar kuzatilmadi. Yengil holatda kelib-ketişyapti”, – deydi şifokor.
Kofrun qişloğidagi aholi avtobuslarda Boysun markazidagi maktablarning sport zallariga, yangi qurilgan uylarga, kasalxonalar va kollejlarga köçirilgan. U yerda yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişiş maqsadida evakuatsiya qilingan aholi vakillari bilan gaplaşdik.
“Mening soğliğimda muammo bor, har yili ikki marta davolanaman. Obodonlaştirişda işlayman. Bu gaz hidi soğliği yöqlarga, yoş bolalilarga juda köp ta’sir qildi. Ikkinçi portlaşdan keyin, bu gal hidi uylarga ham kira boşladi. Mahalla raisiga yozgandik, jimjit. Keyin bilişimça, hokim örinbosariga avtobus keladimi deb telefon qilişgan. Avtobuslar yuborişdi, yana evakuatsiya boşlandi.
Yaqinda – qiş. Kunlar allaqaçon sovib qolgan. Boysunda qiş juda sovuq keladi. Mayli, Gaz yoqmaylik, oqova gaz ham kerakmas, tezakkinamizni yoqibgina ötirsak, qotgan nonni suvga botiribgina yesak – şunisi yaxşi-ku, bunday musofir bölib yurganimizdan köra..
Agar konni yopa olmasa — bunga ular javob bera olmaydi, özlari ham bilmaydi, u kompaniya ham bir xudo deb ötiribdi, — bizga yordam qilsin, uy-joy qilib bersin. Heç bölmasa, kompensatsiya puli bersin. Şaroitimizga qarab, boş tölovini qilaylik-da, uy olaylik. Öz xohişi bilan çiqib ketaman deganlar köp, öşalarga yordam bersin.
Ötgan safar ham yopamiz-yopamiz deb, 15 kunga çözildi. Menda uçta bola bor, şaroit qiyin-da baribir, yaşaş qiyin. Na maktab, na boğça bor, bölmaydi-da. Darslardan qolyapti. Özimizning qiynalganimizni aytmasak ham böladi. Oziq-ovqat, şaroitdan qiynalmayapmiz-ku, baribir uy-joy qilişning özi bölmaydi-da”, – deydi 3 bolaning onasi ekanini aytgan bir ayol.
“Biz ham Kofrunda turamiz. Hamma çiqqanda biz ham çiqdik, bolalarimiz uçun. Özimiz-ku nima bölsak böldik... Bolalarimiz zaharlanib qolmasin deyapmiz. Öpkasini tamom qilib yuboradi deyapti. Kelajagini öylayapmiz.
Kompensatsiya bersin, uy-joy qilib bersin. Qança kişi qiynalib yaşagan, qanday qilib endi qişloqni taşlab ketib, boşqa joydan uy qiladi? Enter kompaniyasi işlagan işçilarning oyligini tölasin. Neça oydan beri oylik bermaydi. Oziq-ovqatini 4 kun yermiz, 5 kun yermiz, keyin mayli qotgan nonimizni yeyaveramiz – bizga uy-joy qilib bersin, qaçongaça yuramiz maktabma-maktab, kollejma-kollej? Qiş kelsa, bu yerda yaşayversak, [isitiş uçun] gazi qani, ötin qani?
Neça kişining mazasi qoçib, davleniyasi çiqyapti. Tez yordam çaqirsak, kelib, yordam berib turibdi, lekin hammasi gazdan-da. Hamma ham kasal emas edi, hammaning ham davleniyasi kunda çiqmas edi. Gazdan bölyapti. Yopsin, yoki çetroqqa köçirsin”, – deydi qölida yoş bolasi bilan bizga intervyu bergan kofrunlik boşqa bir ayol.
Körinib turibdiki, boysunliklar mavhumlik iskanjasida. Ular ertasi kunini tasavvur qila olişmayapti. Ayni paytda, mas’ul idoralar aholiga va Boysun ekologiyasiga yetkazilgan zarar böyiça pudratçi kompaniyaning mas’uliyati borasida jiddiy çoralar körişga şoşilmayapti.