Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi 27 sentabr, juma kuni Rossiyadagi korrupsiya, Rossiya maxsus xizmatlari va Kremlning xorijdagi taşviqotiga oid suriştiruvlarni naşr etuvçi «Dose» markazini çet el agentlari reyestriga kiritdi.

Adliya vazirligining yangilangan röyxatida Freedom Letters naşriyot uyi asosçisi Georgiy Uruşadze, yozuvçi va adabiyotşunos Aleksandr Genis, madaniyatşunos Aleksandr Etkind, amerikalik tarixçi Yuriy Felştinskiy, yozuvçi va jurnalist Sergey Gulyayev ham bor.

Uruşadze tomonidan asos solingan Freedom Letters naşriyoti «Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan matnlarni» naşr etadi, deyiladi loyiha saytida.

Aleksandr Etkind — rus intellektual tarixi böyiça tadqiqotlari bilan maşhur madaniyat mutaxassisi. Uning sönggi kitoblari orasida - Rossiyaning Ukrainaga töliq bostirib kirişidan keyin yozilgan «Rossiya zamonaviylikka qarşi».

Yuriy Felştinskiy razvedka xizmatlarining Rossiya siyosatiga ta’siri haqidagi kitoblari bilan maşhur. Uning eng maşhur matnlaridan biri - 2006 yilda Londonda zaharlangan sobiq «FSB» zobiti Aleksandr Litvinenko bilan birgalikda yozilgan «FSB Rossiyani portlatyapti».

Aleksandr Genis — 1977 yilda AQŞga köçib ketgan rus yozuvçisi va jurnalisti. U matbuot bilan 40 yildan ortiq hamkorlik qilib keladi.